So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  27 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

Kecha, bugun, ertaga: Sanjar Tursunov: Hech qachon, hech qachon demayman (1-qism) Yangiliklar

Kecha, bugun, ertaga: Sanjar Tursunov: Hech qachon, hech qachon demayman (1-qism)

Loyihamizning bu safargi mehmoni, ko'p yillardan beri Rossiya chempionatida faoliyat olib boryotgan, O'zbekistonning 2012 yildagi eng yaxshi futbolchisi Sanjar Tursunov bo'ldi.
Garchand, O'zbekiston milliy terma jamoasi penaltilar seriyasida Irodaniyaga mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, futbolchi o'z vadasini ustidan chiqqan holda o'yinni ertasiga taxririyatimizga tashrif buyurdi.


– Ko'p yillar davomida Rossiyada to'p tepib kelayotgan bo'lsangizda, Sizni muxlislar taniganiga ko'p bo'lmadi. Bahodir Mirzaev va Behzod Nazarov kabi hamkasblarimning sayi harakati bilan Siz haqingizda O'zbekiston muxlislarida tasavvur paydo bo'ldi. Murabbiylarni payqamasligi esa biroz g'alati…
– Bu borada haqsiz, men haqimda o'zbekistonlik muxlislarni tanishlarida OAVning ahamiyati katta bo'ldi. Futbolni targ'ibotida jurnalistlarning roli katta, Sizlarni yordamingizda biz futbolchilar ham tanilamiz. Buning uchun jurnalistlar bilan munosabatlarimiz yaxshi bo'lishi va bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Bu esa murabbiylar uchun tayyor qo'llanma bo'ladi. Bazi hollarda murabbiylar hammani birdek kuzatishga ulgurishmaydi. Agar saytlarda o'yinlarni videolari ko'paysa, ko'plab mutaxassislar uchun futbolchilarni selekciyasi bilan shug'ullanishga yordam berardi.

– O'z paytida Paxtakor futbol maktabida futbolchi sifatida shakillandingiz. 1986 yillardan tashkil topgan futbolchilarni katta futbolga etaklagan Dilshod Nuralievning o'sha kundagi shogirdlari bugungi kunda o'z o'rinlarini topib bo'ldilar.
– Sadriddin Abdullaev, Sobir Usmonxo'jaev va Vitaliy Denisov bilan etti yoshdan birga mashg'ulot o'tkazganmiz. SHorahmedov esa adashmasam 12 yoshlarida safimizga kelib qo'shilgan. Bikmaev biroz muddat biz bilan mashg'ulot o'tkazib o'rinbosarlar safiga o'tib ketgan. Dilshod Nuraliev qo'l ostida kuchli tarkib xosil qilgan edik. U paytlar o'ng qanot himoyasida o'ynar edim. Sekin asta terma jamoaga chaqirila boshladim. Ammo terma jamoani doimiy azosi emas edim. Boisi u paytda ko'plab yoshi kichiklashtirilgan o'yinchilar bo'lganligi uchun menga qiyin bo'lgan. Jussam ham katta bo'lmaganligi uchun kattalar ichida yo'qolib qoldim. Hozir esa o'sha paytdagi futbolchilar deyarli yo'q. Keyin Paxtakorni o'rinbosarlari safiga o'tdim. Granatkin Kubogidan so'ng men jamoa bilan xayrlashdim va Lokomotiv o'rinbosarlari safiga borib qo'shildim. Bu jamoaga meni Ahmadjon aka Musaev chaqirdilar. Ko'pchilik bilmasa kerak, Lokomotiv o'rinbosarlari safida men Odil bilan birga to'p tepganman. Bir yil davomida Lokomotiv sharafini himoya qildik. U paytlar Loko o'rinbosarlari uchun sharoit yo'q edi. 1 yil maoshsiz o'ynaganmiz. Hech qanday bazamiz ham yo'q edi. O'zimizga 3-4 razmer katta bo'lgan kiyimlarni berishgan (kuladi). Biz esa bu holatlarga etibor bermas edik, yosh edik maqsadimiz asosiy tarkibga kirish uchun mehnat qilish edi. Afsuski rejalarimiz amalga oshmadi va bir yildan keyin jamoadan ketdim. Omadim kelib, Omskka bordim. To'g'risini aytsam, O'zbekiston birinchi ligasidan Rossiya premer-ligasigacha etib boraman deb o'ylamagan edim.

– Nuraliev mavzusini davom ettirsak. Buni qarang-ki, roppa-rosa 10 yildan keyin tavallud topgan futbolchilarni ustozingiz Osiyo chempioni unvonini qo'lga kiritishida o'zining munosib hissasini qo'shdi. Garchand 1986 yillarda tavallud topgan futbolchilar biron-bir musobaqada zafar quchmagan bo'lsalarda, bugungi kunda MTJ uchun as qotyaptilar. Ko'rinib turibdi-ki, murabbiyning ikki tomonlama amalga oshirgan ishi natija berdi. Nuralievni eng katta murabbiylik hususiyati nimada?
– Biz ilk marotaba Paxtakor mashg'ulotlarini o'tkazayotganimizda sharoitlar yaxshi bo'lmas edi. Rezina maydonlarda shug'ullanar edik. Tabiiyki, yil sayin infrastrukturasi o'sayotgan klubda murabbiyning ham natijasi oshadi. Ustun tomonlari shunda-ki, hammani o'z farzandidek ko'radi. Kerak bo'lsa koyiydi. Ammo bularni barchasi natija emas, futbolchining manfaati yo'lida. Buni Vitalikdan ham so'rasangiz bo'ladi. Hali ham bir o'yin esimda CHilonzorga 1:0 hisobida yutqazyapmiz, tanaffusda hammamizni urishgan edilar. SHunda maydonga qaytib 3ta gol urib g'alaba qozonib ketganmiz. Yoshlarni ko'nglini topish kerak.

– Bola xarakter bo'lish kerak?
– Ha. Bilasiz, bolalarni urishsangiz tez hafa bo'lib qolishadi. Nuraliev esa qachon qanday dars berishni bilar edi. Urishganidan keyin, nima uchun koyiganini tushuntirib berar va bundan biz hafa bo'lmas edik. Men seni urishmasam, demak men senga befarqman degan edilar. Yaxshi bo'lsin deb koyir edilar. Hozir bilmadim-ku, lekin biz bilan doim yaxshi munosabatda bo'lganlar.

– Nuralievni meni o'zimga yoqadigan jihati, futbolchiga to'pni bir pas bilan jamoadoshga oshir demaydi. Imkoniyati bo'lsa aldab o'tsin, imkoniyati bo'lsa qochib ketadi. Bazi murabbiylar bo'ladi, yoshlikdanoq natija quvib, futbolchisiga tinmay pas oshirishni buyuradi…
– To'g'ri aytdingiz. Bazan futbolchi bir zarba o'ynaydi, bazan 4 marotaba to'p bilan harakat qilib ko'proq foydasi tegishi mumkin. SHunaqa o'yinchilar bor-ki, burchak zarbasi tepilayotganida foydasi tegishi mumkin, ammo uni orqaga qo'yib qo'yishadi.

– Yoshlikda Denisov qanday bo'lgan, hozir qanday? Nuraliev bir o'yinni aytib bergan, 1986 yillarda tavallud topgan futbolchilar Farg'onaga musobaqaga boradilar. Denisov o'sha paytda ham autdan to'pni uzoq masofaga etkazib berar ekan. Buni ko'rgan Sarkisyan, Nuralievga katta futbolchini olib kelgansan deb etiroz qilgan…
– Men ham o'sha uchrashuvda qatnashganman. Haqiqatdan ham Denisov o'sha o'yinda ancha faol bo'lgan va autdan to'pni olis masofaga etkazib berar edi. Bu unda tug'ma istedod. Otasi futbolchi, akasi basketbolchi. 8 yoshidanoq aut otish bo'yicha kuchli futbolchi bo'lgan.

– Bolalik payti, bu qaytmaydigan davr. Ko'cha futboli, ortiqcha zo'riqish yo'q. Natija talab qilinmaydi. Bo'lib ham Paxtakor stadionida mashg'ulot o'tkazish. Unutilmas damlar, to'g'rimi?
– Rezina maydonda to'p tepar edik. Kamiga oyoqlarimizda ketalar bo'lar edi. Yozda qizib ketar edik, yugurishni iloji bo'lmas edi. Yoki qishda o'sha ketalardan suv o'tgan, oyoqlarga qor to'plangan. Lekin o'sha mashg'ulotlarga borar edik, o'zimizga yoqar edi. Bazan yaxlab qolgan oyoqlar bilan futbol o'ynaganmiz.

– Bu savolni nima uchun berdim, qachonki kishi o'z kasbini haqiqatdan ham sevsa, avval o'sha kasb uchun harakat qiladi, pul ikkilamchi masala bo'ladi. Ishiz yurishmadi, majbur bo'ldingiz O'zbekistonga qaytishga. Vaholangki, bu paytda BAA va Xitoydan yaxshi takliflar bo'ldi, ammo siz Rossiyadan taklif bo'lishini oxirigacha kutdingiz…
– Do'stlarim ham shuni maslahat berishdi. Birinchi liga bo'lsa ham Rossiyaga ketishim kerak ekanligini aytishdi. Aslida birinchi ligaga erta o'tsam bo'lar edi, ammo MTJning o'yinlari Rossiya birinchi ligasini taqvimiga to'g'ri kelmas edi. Agar ketadigan bo'lsam, MTJdan uzulib qolar edim. SHuning uchun O'zbekistonda qolishga qaror qildim. Undan tashqari O'zbekiston chempionatida ham o'zimni sinab ko'rish istagi paydo bo'ldi. Qolaversa, ko'p yillar davomida oilamdan uzoq bo'lib qolganligim uchun biroz muddat qolishni istadim. Lekin vaqt o'tgach hayolim Rossiya chempionatiga ketaverdi. CHunki u erda men ko'nikkan ko'p narsalar bor. Deyarli har bir jamoada do'stlarim, stadionlar menga tanish.

– Qisqa qilib aytganda sizning chempionatingiz?

– Hech qachon, hech qachon dema deb aytishadi-ku, balki bir kun kelib Xitoyga ketarman, balki BAAga. Lekin imkoniyatim bor ekan, Rossiyada o'ynashga harakat qilaman. CHunki u erda haqiqatdan ham kuchli chempionat bor, pul esa yuqorida aytganingizdek birinchi o'rinda turmaydi. Bazan murabbiy tanlashda adashasiz, bazan jamoa tanlashda. O'zingiz hal qila olmaydigan ishlar ham bo'ladi. Masalan, Alaniyaga o'tish faoliyatimdagi eng katta hatolardan biri bo'ldi deb ayta olaman.

– Aynan shu mavzuni boshlamoqchi edim. Mening ham shaxsiy fikrim bu faoliyatingizdagi katta hato. CHunki Volgaga Sizni jamoangiz edi. Nima uchun Volgadan ketdingiz?
– Bu erda biroz tushunmovchilik bo'ldi. Nima bo'lganligini birinchi bo'lib mana sizga aytaman. Bir tanishim telefon qilib, meni jamoa transferlar ro'yxatiga kiritganligini aytdi. Hayron qodim, chunki hammasi men uchun yaxshi ketayotgan edi. Lekin bu borada, na murabbiy, na klub prezidenti menga og'iz ochmadi. Bu paytda yig'in boshlanishi kerak edi. SHunda menga agentim telefon qilib, Alaniya jiddiy qiziqish bildirayotganligini aytdi, men esa o'zimni transferda deb o'ylagan edim. Aslida bunday bo'lmagan ekan.

– Balki bu agentni qo'shimcha daromad qilish uchun xiylasi bo'lgan?

– Menimcha ham shunday. Men Alaniyaga borganimda Gazaev bilan gaplashdim. U menga katta umid bildirayotganligini aytdi. Men esa Volgada qolishim lozimligini takidladim. Gazaev esa meni transferga qo'yilganligimni takidladi. Men esa ularga ishondim. SHunda Gazaev ko'p narsalarni vada qildi. Kelishuv uchun Moskvaga borib qaytgan edim. Natijada Alaniyaga o'tishga qaror qildim. 1 oy o'tib bildim-ki, bularni hammasi uydirma bo'lgan. Murabbiy ham, prezident ham Volgada qolishimni istashgan ekan.

– SHunday bo'lib chiqyapti-ki, agent sizga klubni, klubga esa sizni tekskari qilib qo'ygan. Nahot ketishdan avval barcha masalalarga oydinlik kiritishni istamadingiz, jamoa sardori bor bu erda?
– Qizig'i, murabbiy va jamoamiz sardoriga ham bu haqda aytishgan ekan.

– Hozir bu agent bilan munosabatingiz qanday?

– Gaplashib turaman, lekin hali ham to'liq nima bo'lganligini bilmayman. Volgadan ketish o'zim uchun katta hato bo'ldi, muxlislar ham meni juda yaxshi ko'rishar edi. Nima ham derdim, taqdir…

– Alaniyada ishiz yurishmaganligiga sabab nimada?

– Bu erda asosiy etibor mahalliy futbolchilarga qaratilar ekan. Anji va Zenitga qarshi kechadigan qiyin o'yinlarda meni qo'yishdi, engil o'yinlarda esa mahalliy o'yinchilarni. Menga to'liq imkoniyat  berishmadi. Murabbiy ham menga beetibor bo'ldi.

– Premer-liga va MFL o'rtasidagi farq?

– Quyi ligadagi 6ta jamoa premer-ligaga mos baza va infrastrukturaga ega. Futbolchilar o'rtasida jiddiy farq yo'q. Tashkilotchilik borasida Volga yuqori ligaga javob beradi. Gazovik esa Volgadan uzog'i 10%ga quyida. Boshqa jiddiy tafovut yo'q. Bizning birinchi ligamiz bilan oliy ligamizni o'rtasida esa katta farq bor, u erda unday emas.

– Gapingizdan malum bo'ldi-ki, MTJ manfati yo'lida mavsumni Rossiya birinchi divizionida boshlamadingiz. Aksiga olib, bu erda Lokomotivni birinchi davradagi o'yini ham o'xshamadi. Tabiiyki muxlislar orasida ijobiy tassurot uyg'otmadingiz. Lekin vaqt shuni ko'rsatdi, Siz bari-bir Rossiyada o'z o'rniga ega bo'lishni istayotgan jamoa safiga borib qo'shildingiz.
– Gazovikni maqsadi ikki yillardan keyin kuchlilar safiga qo'shilish. Bu borada hozir o'ziga yarasha poydevor qo'yib, futbolchilarga ham sharoitlarni yaratishga harakat qilyapti.

– Muxlislar O'zbekiston chempionatida o'zlari kutgan Sanjar Tusunovni ko'rmaganlariga sabab nima bo'ldi?
– O'z imkoniyatim darajasida o'ynay olmaganligimga asosiy sabab jarohatlar ham bo'ldi. Hamma o'yinda ham to'liq o'ynay olmadim. Undan tashqari O'zbekiston terma jamoasining o'yinlaridan keyin o'yinimiz biroz chiqmadi. Ammo ichki chempionatga pas nazar bilan qaramadim.

– 5 balli tizimda O'zbekiston chempionatiga bahoingiz.

– Yuqoridagi 4-5ta jamoaga 4 ballga mos. Bazi jamoalarga bordik, stadion yoritgichlari ishlamaydi. Bazi erlarda issiq suv yo'q. Jazirama issiqda echinish xonalarida etarlicha shariot yo'q.
 
Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика