Kazemiro "Sautgempton"ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin. Marsyal esa jarohat sabab maydonga tushmaydi
27 avg 2022 00:01
Yangiliklar
Kazemiro "Sautgempton"ga qarshi o'yinda debyut qilishi mumkin. Marsyal esa jarohat sabab maydonga tushmaydi
Bu haqida jamoa murabbiyi malum qildi.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag APL 4-turidan o'rin olgan "Sautgempton"ga qarshi o'yin oldidan tarkibdagi yo'qotish va o'zgarishlar haqida gapirdi.
"Kazemiro maydonga tushishga tayyor. U so'nggi kunlarda jamoa bilan bo'ldi va barcha mashg'ulotlarda qatnashdi.
Marsyal esa tayyor emas. Uning oyog'ida muammolar bor. Biz biroz kutishimiz lozim. Taxmin qilolmayman. Ammo u "Lester"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'lishiga umid qilaman", -deydi Erik ten Xag.
Malumot uchun, "Sautgempton" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi.
Fikrlar