Kazemiro: "Yo'qotilgan uch ochko "Real"ni sovrindan mahrum qilishi mumkin"
09 mar 2020 13:25
Yangiliklar


Kazemiro: "Yo'qotilgan uch ochko "Real"ni sovrindan mahrum qilishi mumkin"
"Qaymoqranglilar" tayanch yarim himoyachisi Kazemiro "Betis" bilan o'yin (1:2) borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"CHempion bo'lish uchun jamoa har bir o'yinda yaxshi harakat qilishi zarur. Lekin bu safar biz yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Raqib ustun keldimi, uni g'alaba bilan tabriklab, ishlashda davom etishimiz lozim. Sababi biz o'tgan uchrashuvdagi o'yinimizni ko'rsata bilmadik. Biz "Barselona"ga qarshi butkul boshqacha harakat qilgandik (2:0).
Biz chempionatning eng muhim pallasida turibmiz. Bu mag'lubiyat va yo'qotilgan uch ochko yakunda bizni sovrindan mahrum qilishi mumkin. Biz har bir o'yinga alohida tayyorlanishimiz talab etiladi", – dedi Kazemiro.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar