Kayl Uoker: "Yunayted" bizdan kuchli edi"
08 dek 2019 13:57
Yangiliklar


Kayl Uoker: "Yunayted" bizdan kuchli edi"
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker derbidagi mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Biz, himoyachilar, barcha javobgarlikni o'z bo'ynimizga olishimiz kerak. Biz darvozamizni quruq saqlab qolishimiz kerak, hujumchilar esa ko'plab gollarni urishi darkor.
Raqiblarning o'yinga tuzgan rejasi samarasini berdi. Ularda qarshi hujumlarga o'tadigan tezkor futbolchilar juda ko'p. Nima bo'lsa bo'ldi. Ular bugun bizdan kuchliroq edi, buni tan olaman.
Murabbiyni ayblab bo'lmaydi. U faoliyati davomida ko'plab sovrinlarga ega chiqdi. Gap unda emas.
"Liverpul" ajoyib holatda, ular bilan kurashish juda qiyin bo'ladi. Ular g'alabaga erishmoqda, biz esa yo'q. Farq katta, biroq kurashishda davom etamiz", - dedi Uoker.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar