Kaxi Maxaradze: "Biz "Lokomotiv"ning tarixini yaratayapmiz"
25 may 2016 11:06
Yangiliklar


Kaxi Maxaradze: "Biz "Lokomotiv"ning tarixini yaratayapmiz"
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze "Al-Hilol"ga qarshi o'yindan (2:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Bugun biz uchun ham, mamlakat uchun ham katta kun. Biz "Lokomotiv"ning tarixini yaratayapmiz.
Yaxshi o'ynadik va raqibga hech qanday imkoniyat bermadik. Asosiysi, 2:1 hisobida g'alaba qozonib 1/4 finalga chiqdik. Endi nima bo'lishini ko'ramiz, hozircha oliy liga va kubok bahslariga etibor qaratamiz", - deydi Maxaradze.
Marat Aksanov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar