Kavaniga Ispaniyaning yana bir top-klubi qiziqmoqda
23 dek 2021 18:47
Yangiliklar
Kavaniga Ispaniyaning yana bir top-klubi qiziqmoqda
MYU hujumchisi Edinson Kavani yana bir Ispaniya chempionati vakilining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
34 yoshli futbolchi uchun "Sevilya" davogarlik qilmoqda. Andalusiyaliklar futbolchining vakillari bilan muzokaralarga kirishishdi.
Kavani uchun kurashda "Sevilya" "Barselona" bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi. "Ko'k-anorranglilar" Edinsonga anchadan beri qiziqishmoqda va u bilan shartnoma borasida kelishuvga erishishdi.
SHu bilan birga MYU urugvaylik bilan xayrlashishni xohlamayapti. Manchesterliklar hujumchini mavsum so'nggiga qadar saqlab qolishmoqchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Барселона" "Овьедо"ни аяб ўтирмади ва Ла Лига пешқадамига айланди
Fikrlar