Kavani nega “Yuventus” va “Inter”ga rad javob berganini tushuntirdi
10 dek 2020 19:25
Yangiliklar


Kavani nega “Yuventus” va “Inter”ga rad javob berganini tushuntirdi
Edinson Kavani o'tgan transfer oynasida erkin agent sifatida “Manchester Yunayted”ga kelib qo'shilgandi.
Unga A Seriya va Evropaning boshqa klublaridan ham takliflar bo'lgandi.
“Doimo “Napoli”dan minnatdorman. Aynan shu tufayli ko'plab Italiya klublariga, jumladan, men bilan tez-tez bog'lanib turgan “Yuventus” va “Inter”ga rad javob qildim.
Neapolliklarga nisbatan bunday qilolmasdim. Agar Neapol haqida o'ylasam, faqat quvonch bilan eslayman. Klub uchun juda ko'p ish qilganimni bilaman va ular buning uchun menga hozirgacha g'amxo'rlik ko'rsatib kelishmoqda”, deydi Kavani.
33 yoshli urugvaylik 2010-2013 yillar davomida “Napoli” sharafini himoya qilgan. Keyinchalik esa u PSJda faoliyat olib borgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar