Kavani Ganaga qarshi bahsdan so'ng VAR monitorini ag'darib ketdi
05 dek 2022 00:13
Yangiliklar
Kavani Ganaga qarshi bahsdan so'ng VAR monitorini ag'darib ketdi
Edinson Kavani Urugvay jahon chempionatidan chiqib ketgani uchun alamini VAR monitoridan oldi.
Janubiy amerikaliklar "H" guruhidagi so'nggi o'yinda Ganani 2:0 hisobida mag'lub etishdi, ammo bu hisob ham ularning nimchorak finalga yo'l olishini taminlay olmadi.
"Valensiya"ning 35 yoshli hujumchisi o'yin davomida raqib jarima maydonida Alidu bilan to'qnashib ketadi, ammo VARga murojaat qilgan hakam penalti belgilamadi.
O'yindan keyin urugvayliklar alamini hakamga izhor qilishdi. Kiyinish xonasiga yo'l olayotgan Kavani esa VAR monitorini yiqitib ketdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar