Kavani "Boka Xuniors"ga o'tishga yaqin
01 apr 2022 15:08
Yangiliklar
Kavani "Boka Xuniors"ga o'tishga yaqin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani "Boka Xuniors"ga o'tishga yaqin.
Futbolchining Angliya klubi bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi va o'yinchi oilasiga yaqin bo'lish uchun Janubiy Amerikaga yo'l olmoqchi.
Kavani ushbu mavsum MYUda kam asosiy tarkibda maydonga tushdi va ko'p vaqtni ko'p sonli jarohatlar sabab o'tkazib yubordi. Futbolchi bilan muzokaralarda shaxsan "Boka" prezidenti Xuan Rikelme ishtirok etadi.
35 yoshli futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar