So’nggi yangiliklar

19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  0 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  1 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  11 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  1 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  14 16:02Салиба жароҳати сабаб Миллатлар Лигаси финал босқичини ўтказиб юборади  6 15:35"Барселона" "Вест Хэм" ва Бундеслигада ишлаган топ-менежер билан музокаралар ўтказмоқда  0 15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  2 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  45 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  5 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  3 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4

"Borussiya D" derbida javobsiz 4ta gol urdi Yangiliklar

"Borussiya D" derbida javobsiz 4ta gol urdi

Evropada katta futbol qaytmoqda.

Germaniyada Bundesligaga restart berilmoqda. Ushbu sahifada dahshatli Rur derbisidan matnli translyaciyani kamina Tolibjon Qosimov bilan birga kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

Borussia Dortmund

Erling Haaland - 29', Raphael Guerreiro - 45', Thorgan Hazard - 48', Raphael Guerreiro - 63'

1. Bundesliga . 26-tur

16/05/2020, 19:30

0
:
4
Tugadi

Schalke 04

Stadion: Signal Iduna Park, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Deniz Aytekin

45'
90'
29'  Erling Haaland
29'  Thorgan Hazard
45'  Raphael Guerreiro
45'  Julian Brandt
48'  Thorgan Hazard
48'  Julian Brandt
53'  Thomas Delaney
63'  Raphael Guerreiro
63'  Erling Haaland
68'  Thomas Delaney (Leonardo Balerdi)
73'  Lukasz Piszczek
79'  Thorgan Hazard (Jadon Sancho)
87'  Mahmoud Dahoud (Mario Goetze)
87'  Raphael Guerreiro (Marcel Schmelzer)
46'  Jean-Clair Todibo (Guido Burgstaller)
46'  Benito Raman (Rabbi Matondo)
48'  Salif Sane
73'  Suat Serdar (Alessandro Schoepf)
76'  Daniel Caligiuri (Juan Miranda)
86'  Rabbi Matondo
87'  Jonjoe Kenny (Timo Becker)

Bundesliga
26-tur
, 16.05.2020
"Signal Iduna Park", Dordmund
"Borussiya D" - "SHalke-04" 4:0
Bosh hakam:
Deniz Aytekin.
Gollar: E.Xoland 29 (pas T.Azar), R.Gerreyru 45 (YU.Brandt), 63 (E.Xoland), T.Azar 48 (YU.BBrandt)

"Borussiya D": 1.Roman Byurki, 15.Mats Xummels, 26.Lukash Pishek, 13.Rafael Gerreyru (29.Marsel SHmelcer, 87), 16.Manuel Akanji, 5.Ashraf Xakimi, 6.Tomas Delayni (18.Leonardo Balerdi, 68), 8.Maxmud Daud (10.Mario Gyotce, 87), 19.Yulian Brandt, 23.Torgan Azar (7.Jeydon Sancho, 79), 17.Erling Xoland.
Zaxira: 35.Marvin Xitc, 22.Mateu Morey, 37.Tobias Rashl, 33.Kris Fyurix.
Bosh murabbiy: Lyusen Favr

"SHalke-04": 23.Markus SHubert, 26.Salif Sane, 5.Mattia Nastasich, 20.Jonjo Kenni (31.Tim Bekker, 87), 18.Daniel Kalijuri (3.Xuan Miranda, 76), 24.Bastian Ochipka, 8.Suat Serdar (28.Alessandro SHepf, 74), 2.Ueston Makkeni, 25.Amin Xarit, 21.Jan-Kler Todibo (19.Gvido Burgshtaller, 46), 9.Benito Raman (14.Rabbi Matondo, 46).
Zaxira: 35.Aleksandr Nyubel, 11.Mixael Gregorich, 37.Myunir-Levent Merjan, 15.Axmed Kutuju.
Bosh murabbiy: Devid Vagner

Ogohlantirishlar: T.Delayni 53, L.Pishek 73 - S.Sane 49, R.Matondo 86


Uchrashuv yakunlandi! "Borussiya D" restartni ajoyib boshladi.

83 - Hakimi o'ng qanotda raqibdan qochib ketdi va jarima maydonchasiga pas berdi, Erling to'pga biroz eta olmadi.

O'yindan oldingi chigilyozdi mashqlarida mushaklarini shikastlab olgan Jovanni Reynaning o'rniga asosiy tarkibda tushgan va gol-pas qayd etgan Torgan Azar.


79 - Bugun o'z hisobiga bitta gol va bitta golli pas yozib qo'ygan Torgan Azar o'rniga maydonga Jeydon Sancho tushdi.

75 - "SHalke" futbolchilari hech bo'lmasa bitta gol urish uchun oldinga o'tishmoqda.

67-daqiqaga kelib aniq zarbalar bo'yicha statistika - 4:3, gollar bo'yicha 4:0. Mehmonlar kiperi SHubert hech bo'lmasa bitta bo'lsa ham seyv ijro eta olarmikin?

63 - Gooooollll, Yana Gerreyruuuu!!! Xolanddan pas, Rafaeldan gol. CHap qanot himoyachisidan dubl, u bugun chap loteral vazifasini bajarmoqda.


Stadionda bolboylar ham yo'q.


Masofa saqlagan holda gol nishonlash.


56 - Burgshtallerning zarbasini Byurki ushlab oldi.

"Borussiya D" restartga tayyor holda etib kelibdi, "SHalke-04" esa hali "uyg'onmagan". Mezbonlar safida hali Sancho va Roys o'ynamayapti hozircha.

48 - Gooooollll, Torgan Azarrrr!!! Brandt - Azar - Xoland uchligi bugun "SHalke"ni "eb qo'ydi". Xoland markazda to'pni Yulianga tashlab yubordi, Brandt esa Torganni topdi va o'yindagi ikkinchi golli pasini ijro etdi. Belgiyalik esa aniq zarbasi bilan hisobni yiriklashtirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. David Vagner 1-bo'limda o'yin chiqmaganidan keyin tanaffusda biryo'la ikkita o'zgarishga qo'l urdi.


Bundesliganing O'zbekistondagi barcha muxlislari bugun "Signal Iduna Park"da :)))


Tanaffus!

45 - Gooooolllll, Gerreyruuuu!!! Mehmonlar kiperi Markus SHubert Xolandning bosimi ostida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'pni maydon markazida turgan Daudga tashlab qo'ydi. Mahmud Brandtga, Yulian esa Gerreyruga pas. CHap qanotda loteral rolini bajarayotgan portugal esa ikkinchi golni urdi.


Xoland hisobni ochgandan so'ng.


41 - Zarbaaa, Mahmud Daudning kuchli zarbasini Sanening boshi qaytardi.

Yana bir etiborga molik jihat: "Manchester Yunayted" klubi shu kunlarda mezbonlar vingeri Jeydon Sancho va uning transferi o'xshamagan taqdirda "SHalke" yarim himoyachisi Rabbi Matondoni ko'zlayotgani haqida xabarlar urchimoqda. Bugun "qizil iblislar" skautlar har ikki o'yinchini diqqat bilan kuzatishlari aytilgandi. Ammo, har ikki futbolchi zaxira o'rindig'ida o'tiribdi.



29 - Gooooolllll, Erlingggg Xolaaaaand!!! Mezbonlardan ajoyib kombinaciya. Brandtdan nozik did bilan berilgan pas, keyin esa Azardan aqlli va aniq golli pas, "sariq bola"dan esa gol.

26 - Zarbaaa, Daniel Kalijuriii. Uning zarbasini Roman Byurki oyoqlari bilan qaytardi. De Xea rejimi yoqildi. Bu uchrashuvdagi eng yaxshi vaziyat bo'ldi, hozircha.

Oldinga o'tib bir narsani aytishim mumkin, tanaffus bo'lganda sizni shu sahifada o'zgacha bir rasm kutib turibdi)

24 - Zarba, Erling Xoland o'zining asosiy hisoblangan chap oyog'ida kuchli zarba berdi, ammo noaniq.

22 - Serdar Torgan Azarga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Hakimining zarbasini jonli devor qaytardi.


"Sokin Iduna Park" bugun)


- Muxlislarsiz futbol biroz g'alati ko'rinmoqda. Baribir futbol muxlislar bilan go'zal.


"Borussiya D" zaxira o'rindig'i.


"Borussiya D" rasmiy saytida klubning ko'zi ojiz va yaxshi ko'rmaydigan muxlislari jamoaning barcha o'yinlarini onlayn sharhini tinglab borishlari mumkin. Klub ularga mana shunday qulaylik yaratib berdi. Tasanno!


12 - Hakimining pasidan Torgan foydalana olmadi.

11 - Aytekin VARga murojaat qildi va penalti (mezbonlar foydasiga) yo'q ekanligini ko'rsatdi.

To'g'rilash: Hozir maydonda Torgan Azar yuribdi, "Borussiya D" matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Jovanni Reyna o'yin oldi chigilyozdi mashqlarida mushaklarini shikastlab olgan va o'zining Bundesligadagi debyutini kechiktiradigan bo'ldi. Amerikalikning o'rnini Torgan egallagan.

6 - Kalijurining zarbasini jonli devor qaytardi.

"SHalke-04" tarkibida esa nemis futbolining bo'lajak asosiy darvozaboni bo'lishi kutilayotgan Aleksandr Nyubel zaxirada. Sababi nima dersiz, gap shunda-ki, Nyubel "Bavariya" bilan shartnoma imzolaganidan keyin bosh murabbiy David Vagner juda iqtidorli kiperni zaxiraga "mixladi".

"Borussiya" matbuot xizmati Bundesliga qaytishiga mana shunday kreativ munosabat bildirdi.


Bugun "Borussiya D" bosh murabbiyi Lyusen Favr raqibga kichik syurpriz tayyorlabdi. Jamoaning asosiy vingerlari Jeydon Sancho va Torgan Azar zaxirada qolgan. Qanot hujumchilari rolini esa 17 yoshli Jovanni Reyna va Yulian Brandt bajarishadi. Bundan tashqari, mezbonlar tarkibida bugun Aksel Vitsel, Emre Jan va jamoa sardori Marko Royslar ishtirok eta olishmaydi. Yo'qotishlar etarlicha.

- Deniz Aytekin xushtagini chaldi va derbini boshlab berdi. Kettik.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика