Kasyan va Solovyov ikkinchi davrada ham "Navbahor"da qolishadimi?
03 iyu 2019 15:21
Yangiliklar


Kasyan va Solovyov ikkinchi davrada ham "Navbahor"da qolishadimi?
"Navbahor" matbuot kotibi klub legioneri borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
"Aleksandr Kasyan va Ivan Solovyovga Rossiya hamda mamlakatimizning bir qator etakchi klublaridan takliflar borligi xususida gap-so'zlar yuribdi. Lekin ularning "Navbahor" bilan amaldagi shartnomalari bor. SHunday ekan, legionerlar joriy mavsumning 2-davrasida ham "lochinlar" tarkibida o'ynashadi. SHu bois, muxlislarning legionerlarning "Navbahor"dan ketishlari borasida xavotirlanishlariga hech qanday asos yo'q", - deydi "Navbahor" matbuot kotibi Ulug'bek Umarov championat.asia saytiga.
Malumot uchun, Kasyan birinchi davrada 13ta o'yinda maydonga tushib 9ta gol urdi. Solovyov esa 13ta uchrashuvda 4ta gol urdi va sheriklariga 4ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
11:06
Sergey Lushan: "G'alaba qozonish uchun hech bo'lmaganda 50% imkoniyatdan foydalanishni bilish kerak" 9

Fikrlar