Kasper SHmeyxel: "Odamlar futbolchilarga maza deb o'ylashadi"
12 okt 2021 01:15
Yangiliklar
Kasper SHmeyxel: "Odamlar futbolchilarga maza deb o'ylashadi"
"Lester" posboni Kasper SHmeyxel Lev Yashin nomidagi sovrin uchun davogar bo'lib turgani haqida gapirdi.
"Albatta, bu katta faxr. Odamlar tez-tez futbolchilarga maza deb o'ylashadi. Biroq bu gapga unchalik qo'shilmayman. Bu darajaga etishish uchun ko'p mehnat qilish kerak.
O'smirlik yoshida ko'plab do'stlarim kechalarga, bazmlarga borishadi. Men esa bu paytda ortiqcha edim. Maydonda ko'p va uzoq vaqt shug'ullanardim. Bu haligacha davom etmoqda. 34 yoshdaman. Ayni damda oilam uchun ko'p vaqt ajratyapman", - dedi SHmeyxel.
Fikrlar