Kasorla va Uilshir martda safga qaytishi mumkin
30 jan 2016 12:12
Yangiliklar


Kasorla va Uilshir martda safga qaytishi mumkin
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger jarohat olgan jamoa yarim himoyachilari Santi Kasorla va Jek Uilshirlarning holati haqida malumot berdi.
"Kasorla mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etmayapti. U mart oxirida safga qaytishi mumkin. Jek yugurishni boshladi. Bundan so'ng u raqobatbardosh bo'lishi va kuch yig'igi kerak. Yaxshi jismoniy formaga kelish uchun 6 hafta kerak" - deydi Venger.
Ispaniyalik 29 noyabr kuni "Norvich"ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:1) shikastlangan. Ingliz esa joriy mavsumda umuman maydonga tushgani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar