Kasorla faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin
18 iyu 2020 23:48
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582039_original.jpg)
![](/upload/storage/582039_220.jpg)
Kasorla faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin
"Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorla mavsum yakunlanganidan keyin ispan jamoasini tark etishi kutilmoqda.
As.com xabariga ko'ra, 35 yoshli futbolchi faoliyatini katta ehtimol bilan Qatarning "Al Sadd" klubida davom ettiradi. Unga doxaliklar bosh murabbiyi Xavining shaxsan o'zi qiziqish bildirgan. Kasorla orqali "Al Sadd"ni tark etayotgan Gabining o'rnini to'ldirish maqsad qilingan.
Avvalroq ispaniyalik futbolchining "Beshiktosh"ga o'tishi haqida xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi "Vilyarreal"ga qadar "Rekreativo", "Malaga" va "Arsenal" jamoalari sharafini himoya qilgan. Xavbek 2008 yildan beri Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar