So’nggi yangiliklar

02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  6 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  6 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  14 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  79 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Kasminin va Jaloliddinov 2 ta, Hoshimov 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

Kasminin va Jaloliddinov 2 ta, Hoshimov 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi - Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.


Coca-Cola Superligasi

“Metallurg” — “Neftchi”

O'zbekiston Superligasining ilk turidan o'rin olgan “Metallurg” hamda “Neftchi” jamoalari o'rtasidagi bahsning 90-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Vladislav Kasminin oyog'ining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Vladislav Kasmininga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Surxon” — “Andijon”

O'zbekiston Superligasining 2-turidan o'rin olgan “Surxon” — “Andijon” jamoalari o'rtasidagi bahsning 90+9 daqiqasida mehmonlar futbolchisi Rubin Xebay bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Rubin Xebayga (“Andijon”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Navbahor lochinlari” — “Metallurg”

O'zbekiston Superligasining 2-turidan o'rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Metallurg” jamoalari o'rtasidagi bahsning 73-daqiqasida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan raqib futbolchisi Ibrohim Ibragimovga nisbatan provokacion harakatlar qilgan (bu harakati uchun S.Babayan sariq kartochka bilan ogohlantirilgan). Bunga javoban Ibrohimov uning shaniga haqoratli so'zlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ibrohim Ibragimovga (“Metallurg”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima, Samvel Babayanga (“Navbahor lochinlari”) nisbatan esa jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“So'g'diyona” — “Olimpik”

O'zbekiston Superligasining 2-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” — “Olimpik” jamoalari o'rtasidagi bahsning 26-daqiqasida mehmonlar vakili Jasur Jaloliddinov raqib futbolchisining oyoq qismiga to'psiz vaziyatda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jasur Jaloliddinovga (“Olimpik”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Metallurg” — “Qizilqum”

O'zbekiston Superligasining 3-turidan o'rin olgan “Metallurg” — “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi bahsning 42 daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi Nikolay Tarasov bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nikolay Tarasovga (“Qizilqum”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Paxtakor” — “Navbahor lochinlari”

Superliganing 3-turidan o'rin olgan “Paxtakor” — “Navbahor lochinlari” jamoalari o'rtasidagi bahsning 68-daqiqasida mehmon jamoa muxlislari tomonidan maydon va futbolchilar tomon turli buyumlar uloqtirilgan. “Paxtakor” futbolchisi SHahzod Azmiddinov esa raqib muxlislariga javoban ular tomon tosh uloqtirgan.

SHuningdek, uchrashuvning 78-daqiqasida mehmonlar vakili Davron Xoshimov raqib futbolchisi boshining orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHahzod Azmiddinovga (“Paxtakor”) nisbatan jarima intizom chorasi, Davron Xoshimovga nisbatan esa 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Muxlislar xatti-harakati uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.


Pro liga

“Aral” — “Andijon SGS”

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan “Aral” va “Andijon SGS” jamoalari o'rtasidagi bahsning 90+8-daqiqasida mehmonlar vakili Fayzullo Nurmuhammadov raqibiga ko'krak qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Fayzullo Nurmuhammadovga (“Andijon SGS”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Qo'qon-1912” — “Mashal”

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” — “Mashal” jamoalari o'rtasidagi bahsning 73-daqiqasida mehmonlar vakili SHo'ta Gvazava raqib futbolchisining to'piq qismini qasddan bosgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHo'ta Gvazavaga (“Mashal”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


U-21 chempionati

“Paxtakor U-21” — “Olimpik U-21”

U-21 chempionatining 1-turi doirasidagi “Paxtakor U-21” — “Olimpik U-21” uchrashuvining 86-daqiqasida mehmon jamoa futbolchilari Dilshod Yuldashev, Ahmadullo Muqumjonov va Muhammadali G'iyosov raqiblariga nisbatan qo'pol xatti-harakat ko'rsatganlari uchun maydondan chetlashtirilgan.

Mezbonlar vakili Sunatilla Poyonov ham mazkur voqeada ishtirok etgan hamda raqibiga qo'l bilan zarba bergan. SHuningdek, Alisher Mo'minov zaxira o'rindig'ini tark etib, maydon tomon yugurib chiqqan hamda raqibiga qo'l qismi bilan zarba bergan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Olimpik U-21” futbolchilari Dilshod Yuldashev, Ahmadullo Muqumjonov va Muhammadali G'iyosovga nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

“Paxtakor U-21” vakillari Sunatilla Poyonov va Alisher Mo'minovga nisbatan esa 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


“Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21”

U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Qizilqum U-21” — “Buxoro U-21” uchrashuvining 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Javohir Ro'ziev oyog'ining tag qismi bilan raqibining qorin qismiga zarba bergani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Uchrashuvning 53-daqiqasida esa “Qizilqum U-21” vakili Jaloliddin Sodiqov o'z jamoadoshining yuz qismiga qo'li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javohir Ro'zievga (“Buxoro U-21”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish, Jaloliddin Sodiqovga (“Qizilqum U-21”) nisbatan esa 2 ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

 

“Nasaf U-21” — “Turon U-21”

U-21 chempionatining 2-turi doirasidagi “Nasaf U-21” — “Turon U-21” uchrashuvning 90+5-daqiqasida uchrashuv to'xtatilgan vaqtda mehmonlar futbolchisi Miraziz Maxamadaliev erda yotgan raqibiga ko'rsatgan tajovuzkor harakati sababli qizil kartochka bilan jazolangan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Miraziz Maxamadalievga (“Turon U-21”) nisbatan 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.


“Olimpik U-21” — “OKMK U-21”

U-21 chempionatining 3-turi doirasidagi “Olimpik U-21” — “OKMK U-21” uchrashuvning 59-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Alisher Odilov hamda “OKMK U-21” futbolchisi Dilshod Yoqubov agressiv holatda bir-biriga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir qilishgan. Bu vaziyatda bosh hakam ularning har ikkisini maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Alisher Odilovga (“Olimpik U-21”) nisbatan 2 ta o'yinga diskvalifikaciya va jarima, Dilshod Yoqubovga nisbatan esa 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика