Kasilyasning "Portu"ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin
10 iyu 2015 10:28
Yangiliklar


Kasilyasning "Portu"ga o'tishi amalga oshmasligi mumkin
"Real" darvozaboni Iker Kasilyas "Portu"ga o'tmasligi mumkin.
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Portugaliya grandi jamoasiga o'tishga yaqin edi. Kasilyasning "Portu"dagi yillik maoshi 3,5 mln. evroni tashkil qilardi. Ammo Kasilyas Portugaliyadagi soliqlarni kim to'lashi haqida kelisha olmadi. Natijada, posbon "Real"da ishlab topishi kerak bo'lgan barcha mablag'ni talab qildi (25 mln. evro). Ushbu voqea tufayli darvozabonning Portugaliya klubiga o'tishi so'roq ostida qoldi.

Fikrlar