Kasilyas futbolchilik faoliyatidagi so'nggi titulni qo'lga kiritdi
02 avg 2020 21:58
Yangiliklar
Kasilyas futbolchilik faoliyatidagi so'nggi titulni qo'lga kiritdi
"Portu” Portugaliya Kubogi finalida “Benfika” ustidan zafar quchib, bosh sovrin egasiga aylandi.
Garchand, g'olib jamoa safida joriy mavsum birorta ham o'yinda maydonga tushmagan bo'lsa ham qaydnomadan o'rin olgan Iker Kasilyas sovrindor sifatida chempionlikni nishonladi. SHu tariqa, tajribali kiper faoliyatidagi so'nggi 25-titulni qo'lga kiritdi.
U “Real” safida – 18 ta, “Portu”da – 4 ta, Ispaniya terma jamoasida 3 ta sovrin sohibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, Kasilyas 2019 yilning may oyida "Portu" mashg'ulotlar bazasida infarktga uchradi va shundan so'ng professional darajadagi o'yinlarga qaytmadi. Qishda esa ispaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlagani haqida xabar berildi.
Fikrlar