Kasilyas faoliyatidagi 1000-o'yinini o'tkazdi
03 apr 2018 12:39
Yangiliklar
Kasilyas faoliyatidagi 1000-o'yinini o'tkazdi
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas "Belenensesh"ga qarshi Portugaliya chempionatining 28-tur o'yinida (2:0) to'liq ishtirok etdi.
36 yoshli ispaniyalik posbon uchun bu bahs faoliyatidagi 1000-o'yin bo'ldi.
U bu natijaga erishgan Rauldan keyingi ikkinchi ispaniyalikka aylandi. Darvozabon "Real" safida 725ta, "Portu"da 108ta, Ispaniya terma jamoasida esa 167ta uchrashuv o'tkazdi. Kasilyas 385ta bahsda gol o'tkazmadi.

Darvozabon 2015 yildan beri "Portu" darvozasini qo'riqlamoqda. Joriy mavsum posbon Primeyrada 15ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar