Karrager: "Siti" kuchli, biroq "Real"ga qarshi o'ynash juda qiyin"
16 may 2023 20:51
Yangiliklar
Karrager: "Siti" kuchli, biroq "Real"ga qarshi o'ynash juda qiyin"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karragerning fikriga ko'ra, mavsumning so'nggi qismidagi o'yinlarda "Manchester Siti" unchalik qiynalmaydi.
"Ular qolgan o'yinlarda qiynalmaydigandek tuyulmoqda. "Everton"ga qarshi o'yin "Siti" uchun qiyin o'tadi deb o'ylagandim. CHunki jamoa "Real"ga qarshi o'yinlar o'rtasida turgan va holat qiyin edi. Gvardiola bir qancha futbolchilarga dam bersa kerak deya taxmin qilgandim. Lekin u unday qilmadi.
Tabiiyki, "Real"ga qarshi o'ynash juda qiyin. Ular Karlo Anchelotti jamoasidan yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Ertaga jamoa mag'lub bo'lsa ham, ularda muammo ko'rmayapman", - dedi Karrager.
"Manchester Siti" - "Real" javob uchrashuvi 17 may oqshomida bo'lib o'tadi. Dastlabki bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durang qayd etishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar