Karrager: “Siti”- Evropaning eng kuchli jamoasi, “Liverpul” esa...”
15 sen 2019 08:33
Yangiliklar


Karrager: “Siti”- Evropaning eng kuchli jamoasi, “Liverpul” esa...”
“Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Tvitter ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida “Manchester Siti” ayni paytda Evropaning eng kuchli jamoa ekanligini takidlab, 2005 yili mersisaydliklar ECHLdagi g'olib chiqqaniga qaramay, jamoaning qitada tengsiz ekanligini shubha ostiga olgan.
“O'ylashimcha, “Manchester Siti” Evropaning eng kuchli komandasi, “Liverpul” esa “shaharliklar”dan biroz ortda qolmoqda. CHempionlar ligasidagi g'alaba bu seni Evropada tengsiz ekanligingni anglatmaydi, chunki bu kubok musobaqasi. 2005 yilda “Liverpul” ECHLda bosh sovrinni qo'lga kiritgan vaqtida ham mutlaq kuchli jamoa emasdi”, deya fikr qoldirdi Karrager Tvitter sahifasida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar