Karrager: “MYU sovrinlardan uzoqlashdi, PSJ esa ECHL g'olibligidan”
30 noy 2021 08:40
Yangiliklar
Karrager: “MYU sovrinlardan uzoqlashdi, PSJ esa ECHL g'olibligidan”
“Liverpul” sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytgani, Lionel Messining esa PSJ o'tganiga munosabat bildirdi.
“Kerrik “CHelsi”ga qarshi o'yinda Ronalduni nega asosiy tarkibda tushurmaganini tushunaman. U 36 yoshda. Ronaldu avvalgidek emas, har bir o'yinni ilk daqiqalardan boshlamasligini katta voqea yasashga arzimaydi deb o'ylayman.
Gollar bobida Ronaldu fenomen, ammo buni oldin aytib bo'lganman. PSJ Messini, “Yunayted” esa Ronaldu bilan shartnoma imzoladi. MYU titullarga yaqinmi? Yo'q. PSJ va Messi CHempionlar Ligasida zafar quchishga yaqinmi? Yo'q”, deb fikr bildirgan Karrager.
Fikrlar