Karrager: "Mourinoning jamoalari doimo maydonda o'zini tuta olmaydi"
12 mar 2015 16:45
Yangiliklar


Karrager: "Mourinoning jamoalari doimo maydonda o'zini tuta olmaydi"
"Liverpul" sobiq himoyachisi, hozirda britan televideniyasida mutaxassis sifatida ish olib borayotgan Jeymi Karragerning takidlashicha, PSJga qarshi o'yinda "CHelsi" futbolchilari o'zlarini yaxshi tutishmaydi.
"U erda hech qanday qizil kartochka yo'q edi. Ibragimovich oyog'ini olib qoldi. Agar hakam qarama-qarshi tomonda bo'lganida Oskar qoida buzgan deb hisoblardi. "CHelsi" futbolchilarining bu vaziyatga bo'lgan munosabati - sharmandalik.
Joze Mourinoning jamoasi doimo sariq kartochka so'rab noligan. Doimo aytganman va yana qaytaraman: Mourino jamoasi hurmatga sazovor bo'ladi, ammo futbolchilarning o'zini tuta olmasliklari uchun hech qachon sevimli bo'lmaydi" - deydi Karrager.

Fikrlar