Karrager: "Everton"ning barcha futbolchilari - sharmanda!"
16 mar 2022 01:47
Yangiliklar


Karrager: "Everton"ning barcha futbolchilari - sharmanda!"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Everton" futbolchilarini tanqid qildi.
"Everton"dagi barcha futbolchilar uchun bu sharmandalik. Bunga Lempard va Benitesni ham qo'shishimiz mumkin. Ular ikki xil qarashdagi murabbiylar. Rafa Benites himoyaviy murabbiy. Uning qo'l ostidagi jamoalar uzoq vaqt davomida himoyada o'ynaydi. Frenk esa buni istamaydi.
Rafa qo'l ostidagi jamoaning o'yinini zerikarli desa bo'ladi, chunki jamoa rostdan ham zerikarli o'ynardi. "Gudison"da super atmosfera hosil bo'lmasdi. Lempard qo'l ostida esa jamoa hujum qilyapti, pressingga boryapti, ammo natija yomon.
"Everton"da Karlo Anchelotti, Rafa Benites, Ronald Kuman, Marku Silva kabi murabbiylar ishladi. Bu er xuddi "Manchester Yunayted"ga o'xshaydi, kimni olib kelsa ham natija bo'lmayapti", - dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 10

Fikrlar