Karpin: "Rossiya terma jamoasiga SHomurodovni chaqirgan bo'lardim, chunki u qanday talablar qo'yishimni biladi"
16 avg 2021 21:48
Yangiliklar
Karpin: "Rossiya terma jamoasiga SHomurodovni chaqirgan bo'lardim, chunki u qanday talablar qo'yishimni biladi"
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin JCH-2022 saralash o'yinlari oldidan terma jamoa tarkibi haqida fikr bildirdi.
"Terma jamoaga "Rostov"dan yoki qo'l ostimda shug'ullangan va men qo'yadigan talablarni biladigan futbolchilarni ko'proq chaqirishni istardim. Hech bo'lmaganda kundalik hayotdagi talablarni bajaradiganlarni.
SHomurodov, Zaynutdinov, Eremenkoni taklif qilgan bo'lardim. CHunki ular barcha talablarni bilishadi. Lekin bu hazil, albatta", — dedi Karpin.
Eslatib o'tamiz, hozirda "Roma" sharafini himoya qilayotgan Eldor SHomurodov Karpin qo'l ostida "Rostov" klubida to'p surgan.
Fikrlar