So’nggi yangiliklar

23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  0 22:54"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  66 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7

Karlush Keyrush: "Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Xitoy, Iroq va Eron bir xil darajada" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Xitoy, Iroq va Eron bir xil darajada"

15 yanvar kuni Dubaydagi "Al Maktum" stadionida Osiyo Kubogi 3-turi doirasidagi Iroq - Eron uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Uning ikkinchi qismida Eron ustozi Karlush Keyrush va jamoa sardori Masud SHojayi qatnashdi.

"Ertaga Iroq bilan o'ynaymiz. Bu men uchun Yaman va Vetnamga qarshi o'yinlarga o'xshagan oddiy bahs. Balki OAV uchun boshqachadir. Ammo maqsadimiz ertaga muxlislarga yoqadigan va chiroyli o'yin namoyish etish", - deb gap boshladi Keyrush.

Meni tanqid qilganlarni yaxshi ko'raman. To'g'ri tanqidlarni albatta qabul qilaman va xulosa chiqaraman.

Osiyo Kubogini yutish uchun 4 davogardan birimiz? Bunga qo'shilmayman. To'g'ri Avstraliya, Janubiy Koreya va Yaponiya sovrin uchun kurashadigan jamoalar. Biroq bularga tenglashish uchun ko'p mehnat qilish kerak. Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Xitoy, Iroq va biz shunga yaqinmiz. Yani yuqoridagi 3ta jamoa chempionlikka harakat qilsa, yana 6ta jamoa kamida yarim finalga chiqishni istaydi.



Yigitlarim ertangi bahsga tayyor. Qarshimizdagi raqibni doim hurmat qilamiz. U Iroq bo'ladimi yoki Argentina buning farqi yo'q. Iroq texnik tomonlama chiroyli o'yin ko'rsatadi.

2015 yil Iroqqa mag'lub bo'lgandik? To'g'ri o'shanda yutqazgandik. Mazkur bahsni mister Ben Uilyams boshqarib borgandi. Unga salom yo'llab qolaman. Yaxshi ham ertangi bahsda u ishlamaydi. Tarixni unutish kerak. Ertaga yangi o'yin va yangi tarix. Futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va qolgan insonlar uchrashuvga tayyor bo'lishlari lozim.

Osiyo Kubogi juda ham qiyin musobaqa. Finalga qadar yo'l juda uzoq. Mashina haydasangiz uzoqda nima borligini ko'ra olmaysiz, faqat ancha yo'l yurgandan so'ng o'sha narsa ko'rina boshlaydi," - deydi Eron bosh murabbiyi.  




"Iroqqa qarshi juda ham qiyin bahs bo'lishini kutayapman. 2015 yilgi Osiyo Kubogida Iroqqa yutqazib qo'ygandik. O'sha uchrashuvni eslayman. Juda shiddatli bahs bo'lgandi. Bunday uchrashuvlar taqdirini odatda mayda detallar hal qiladi. 4 yil avval shunday bo'lgandi ham", - deydi Masud SHojayi.

Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика