Karlush Keyrush: "Men dunyoning eng kuchli o'n murabbiyidan biriman"
28 mar 2022 00:19
Yangiliklar
Karlush Keyrush: "Men dunyoning eng kuchli o'n murabbiyidan biriman"
Uning jamoasi JCH-2022 yo'llanmasi uchun dastlabki o'yinda Senegalni mag'lub etdi (1:0).
"O'yinimiz tufayli xafa bo'lish uchun hech qanday sabab ko'rmayapman. Afrika chempionlarini mag'lub etdik. Ikkinchi o'yinda esa bor kuchimiz bilan ushbu ustunlikni himoya qilamiz.
Men 44 yildan beri turli mamlakatlarda murabbiy bo'lib ishlayman. 2000 dan ortiq o'yin o'tkazdim. Men to'rtta terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan yagona murabbiyman. SHuningdek, dunyoning eng yaxshi o'n nafar murabbiyidan biriman", — deydi Keyrush.
Portugaliyalik mutaxassis ishtirokida JAR (2002), Portugaliya (2010), Eron (2014, 2018) terma jamoalari jahon chempionatiga yo'l olishgandi. Tarixdagi eng yaxshi natija Karlos Alberto Parreyraga tegishli - u jahon chempionatida 6 marta bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Fikrlar