So’nggi yangiliklar

15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  0 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  3 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  0 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0 11:37Галлахер Испания клубига ўтишга яқин  1 11:05Ўртоқлик учрашуви. "Манчестер Юнайтед" - "Ливерпуль" 0:3, Каземиро "замах" га алданди  2 10:48FourFourTwo футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳимоячилар рейтингини тузди   15 10:20«Бавария» ҳимоячисини «Манчестер Юнайтед»га сотишга рози бўлди  3 09:53«Барселона» ва «Реал Мадрид» АҚШдаги ўзаро учрашувидан қанча пул ишлаб олгани маълум  11

Karlush Keyrush: "O'FA Ektor Kuperni olib kelib juda to'g'ri qildi" Yangiliklar

Karlush Keyrush: "O'FA Ektor Kuperni olib kelib juda to'g'ri qildi"

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Karlush Keyrush ishtirok etdi.

Unga Masud SHojayi hamrohlik qildi. 

"Biz ertaga O'zbekistonga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Buning uchun O'FAga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz O'FA bilan ajoyib do'stona munosabatlarga egamiz. Eron qachon O'FAga taklif bilan chiqsa doim ijobiy javob beradi, buning uchun yana bir bor rahmat aytaman.

Ertaga biz tajribali va mahoratli futbolchilardan iborat bo'lgan kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. O'zbekiston terma jamoasiga yaqinda ajoyib murabbiy Ektor Kuper tayinlandi. Ertangi bahsni ko'rish uchun kelgan muxlislar ajoyib bahs guvohiga aylanishadi deb o'ylayman. Sababi ikkala jamoa ham chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etadi. To'g'ri biz sekin asta Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rishni boshlayapmiz. Lekin terma jamoaning kelajagi uchun bir qator yosh futbolchilarni ham maydonga tushirishim mumkin", - deydi Karlush Keyrush.


"Toshkentda bo'lib turganimizdan va O'zbekiston bilan o'ynashimizdan xursandman. Doim bu jamoaga qarshi o'yinlar shiddatli va qiziqarli bo'lib kelgan. Ertaga har ikkala jamoa azolari bir biridan qolishmay harakat qilishlariga shubha yo'q", - deydi Masud SHojayi.  


- Sardor Azmun terma jamoadan ketgandi. Uni yana qaytarishga erishdingizmi?
- Azmun JCH o'yinlaridan so'ng bazi bir sabablarga ko'ra yaqin orada terma jamoadagi o'yinlarda ishtirok etmasligi haqida aytgandi. U terma jamoani butunlay tark etmadi. Bu qarorga kelishdan avval Azmun mendan ham maslahat so'radi. SHaxsiy masalalar tufayli terma jamoaning navbatdagi o'yinlarida ishtirok etishni istamadi. Malum vaqt o'tganidan so'ng barchasi o'z joyiga tushadi deb o'ylayman.  


- Eron terma jamoasi Jahon chempionatidan so'ng kamchiliklarini aniqlab oldimi?
- Jahon chempionatidagi ishtirok bizga ertaga yordam bermasligi mumkin. Osiyo Kubogida oltin medalni yutmoqchi ekanmiz har kuni ishlashimiz kerak. BAAdagi qita chempionatida ham xuddi mundialdagi kabi ishtiyoq bilan o'ynashimiz kerak. Yaponiya, Avstraliya terma jamoalari ham Osiyo Kubogida chempion bo'lishni istaydi.

- SHu yil sizning O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishingiz haqida ko'plab xabarlar chiqqandi. Buni shaxsan o'zingiz izohlab o'tsangiz.
- SHaxsiy hayotimdagi voqealar, muzokaralarni lozim topmagan bo'lardim. O'FA milliy terma jamoa murabbiyligiga Ektor Kuperni olib kelib to'g'ri qildi. SHu bois O'zbekiston terma jamoasiga barcha o'yinlarda, faqat Eron bilan bahsdan tashqari, omad tilayman.


- Eron bilan shartnomani uzaytirdingizmi? 

- Yo'q. SHartnomam tugagan. Lekin biz Eron FF bilan erkaklarcha qo'l tashlaganmiz va hozircha buni rasmiylashtirmadik. 


- Eronda 7 yildan buyon ishlayapsiz. Osiyoda bunchalik uzoq ishlagan murabbiylar juda kam. Buning siri nimada? 

- Buning siri mening futbolchilarga ishonganim. Yana bir sabablardan biri SHojayiga o'xshagan "yosh" futbolchilarning hamisha yuqori daraja o'ynab kelayotgani. Yaqinda u bobo bo'ladi (kuladi).

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика