Karlush Keyrush: “Biz uchun har bir o'yin katta ahamiyatga ega”
07 dek 2013 11:07
Yangiliklar

Karlush Keyrush: “Biz uchun har bir o'yin katta ahamiyatga ega”
Eron termasi jamoasi JCH-2014da “F” guruhida Argentina, Bosniya-Gercegovina hamda Nigeriyaga qarshi to'p suradigan bo'ldi.
Qura natijalari malum bo'lgach, eronliklar ustozi Karlush Keyrush o'z fikrini bildirdi:
“SHogirdlarim uchun har bir o'yin katta ahamiyatga ega bo'ladi. Jahon chempionatiga kelganimizda maydonda o'tadigan har bir daqiqadan lazzat olishimiz kerak. Hech bo'lmasa ikkinchi olib keyingi bosqichga chiqishimiz lozim”.
Eron JCHdagi dastlabki o'yinini 16 iyun kuni Nigeriyaga qarshi o'tkazadi. Keyin esa oradan besh kun o'tib, Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Forslar guruhdagi oxirgi bellashuvni 25 iyunda Bosniyaga qarshi o'tkazishadi.
“Agar biz qattiq mehnat qilsak, kelasi yil bu erga kelganimizda nimadandir umid qilsak bo'ladi” – deydi portugaliyalik murabbiy.
Xayrulla Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar