So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  13 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Karlos TEVES: “TURLI JINOYATLAR BOLALIGIMNING BIR QISMIGA AYLANGANDI” Yangiliklar

Karlos TEVES: “TURLI JINOYATLAR BOLALIGIMNING BIR QISMIGA AYLANGANDI”

“Yuventus”ning argentinalik hujumchisi Karlos Tevesning bolaligi og'ir o'tgan. U istiqomat qiladigan Fuerte Apache mavzesida har kuni turli jinoyatlar yuz berardi.
Teves va Dario Koronel bir yilda tavallud topgan, qo'shni bo'lgan holda voyaga etishgan. Ular futbolni juda yoqtirishgan. Birgalikdagi o'yinlari orqali "Oll Boys", "Santa Klara" va "Vilya Real" kabi klublarning yoshlar tarkibida muvaffaqiyatli uchrashuvlarni o'tkazishgan. Barchasi Koronelning “Veles Sarsfild” yoshlar jamoasiga o'tib ketganidan keyin boshqacha ko'rinish olgan. SHundan so'ng ularning yo'llari ayro tushdi. Teves professional futbol sari intilishni davom ettirgan bo'lsa, Koronel kelajagi ijobiy bo'lib turgan futbolchilikni qurolli bosqinchilikka almashtirdi. Policiya qurvoshida u 17 yoshida o'z joniga qasd qildi. Fuerte Apacheda bunday holatlar oddiy hodisa hisoblanadi. Teves esa bularning barchasini chetlab o'ta oldi. “Yuventus”ning hujumdagi haqiqiy etakchisiga aylangan Karlitos hozirgi mashhurlik chog'ida ham o'tmishi haqida unutmagan. FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida Teves bolaligi, kelib chiqishi va boshqa savollarga javob qaytardi.

– Karlos, siz jahonning turli shaharlarida istiqomat qilgansiz. Turin qanday yoqdi?
– Manchesterda o'tgan 8 yildan so'ng Turinda meni juda iliq qarshi olishdi. Bu erda Italiyanig boshqa joylariga qaraganda odamlar mehmondo'st, aytaylik, Rim yoki Neapolga solishtirsak. Turindagi hayot menga maqul kelmoqda. Unga ko'nikish juda oddiy va oson. Tushunishim oson bo'lgan til ham ishimni ancha jo'n ko'rinishga keltirdi. Angliyada esa menga ancha qiyin bo'lgandi.

– Argentinani sog'inyapsizmi?
– Ha, albatta. Do'stlarim va oilamni juda sog'inaman. Boshidan shunday bo'lgan. Baxtimga hamisha kimdir mehmon bo'lib tashrif buyuradi va hech qachon yolg'iz qolmayman. Qaerda bo'lishimdan qati nazar qadrdon do'stlarim men bilan birga bo'lishadi. Angliyada Fuerte Apachedan bo'lgan do'stlarimni tasavvur qiling! Ularning tarixi haqida tugamaydigan xotiralar bor. Ular bilan aylanishga chiqqanimizda til bilan bog'liq bo'lgan turli sarguzashtlarga duch kelganmiz. Hamisha bu quvnoq bo'lgan.

– Evropada voyaga ketgan inson uchun Fuerte Apachedagi hayotni tasavvur qilish qiyin bo'lsa kerak. Siz uni qanday tushuntirgan bo'lardingiz?

– U erdagi hayotni boshidan kechirmagan odamlar uchun men va u erdagi qo'shnilarim qanday holatlardan o'tganini tushunish qiyin. SHunchaki boshqa insonning miyasiga kirib borib, mening hayotimda oson bo'lmagan vaqt uchrashini tushuntirish befoyda. Ko'cha menga o'rgatgan barcha narsalarni boshqalarga tushuntirishning imkoni yo'q. Bunday hodisalar juda ko'p.

– Bolagigingizga tasir qilgan qandaydir aniq voqea bo'lganmi?
– Bolaligim og'ir kechgan. Gap faqat bir hodisa haqida ketmayapti. SHunday hududda yashaganmanki, u erda qotillik va giyohvand moddalar kunlik hayotning bir bo'lagiga aylangandi. O'smirlik davringdayoq bunday holatlarga duch kelish seni tez ulg'aytiradi. SHunday vaziyatda o'zing uchun to'g'ri bo'lgan yo'lni tanlashingga to'g'ri keladi, kimdir sengacha bosib o'tgan yo'lni emas. Men o'z yo'limdan ketdim. Hech qachon giyohvand moddalar va qotilliklarga yaqinlashmaganman. To'g'ri qarorga kela olganimdan xursandman.

– Bolalikdagi do'stingiz Dario Koronel juda iqtidorli bo'lgani, biroq u tanlovda adashgani to'g'risida gapirishadi. Bu haqiqatmi?
– O'ylashimcha, uning tanlovi noto'g'ri bo'lgani borasida gapirish to'g'ri emas. Avvalroq aytganimdek, har kim o'z yo'lini o'zi tanlaydi. Unda muvaffaqiyatga erishish uchun barcha narsa bor edi, biroq u jinoyat olami va giyohvand moddalar ortidan ketdi. Bu shunga olib keldiki, hozir u oramizda yo'q. Inson hayoti qanday kechishi va qaerga yo'l olishini o'zi belgilaydi. U esa eng oddiy tanlovni istadi, bu omad kulib boqishi bilan bog'liq emas.

– U haqida tez-tez o'ylaysizmi?
– U mening eng yaxshi do'stim bo'lgandi. Dario bilan kuniga 24 soatni birga o'tkazardik. Boshqa klublarda o'ynagan paytimizda ham ko'rishib turardik. Biz hamisha birga edik.

–Argentinada Fuerte Apache, Syudad Okulta yoki Vilya Karlos Gardel kabi kambag'al hududlarda tug'ilgan bolalar matbuotda ham o'zgacha nomga ega. O'sha erda voyaga etgan inson sifatida bu to'g'risida qanday o'ylaysiz?
– Bunday munosabat faqat jurnalistlarda emas, balki hamma shunday o'ylaydi. Agar ustiga kapyushonli qalpog'ini kiygan bola yaqindagina o'g'irlik sodir etilgan joydan o'tib qolsa, uni barcha ayblashni boshlaydi, Argentinada mentalitet shunday. Odamlar qo'rquvda yashaydi. Oldin jinoyatchilarda o'ziga xos qonun bor edi: masalan, ular seni tunashsa, tirik qo'yib yuborishardi. Hozir jinoyatchilar giyohvand moddalarga ruju qo'yishgan, ularga barcha narsangni bersang ham baribir o'ldirishadi. Yoshlarda men eslaydigan qadrli narsalar yo'q. Avvallari hayotini garoyga qo'yib o'g'irlik qilganlar uyga kelishardi. Hozir ular darhol giyohvand moddalarni qabul qilishadi. Faqat o'z hayoti to'g'risida qayg'urishadi va boshqalarniki bilan ishlari yo'q.

– Lekin sizning mavzengizda boshqa taraflar ham mavjud. Masalan, golni bag'ishlashga arziydigan insonlar. O'sha erlarga bo'lgan salbiy qarashlarni o'zgartirish uchun nima qilish lozim?
– Fuerte Apache va Syudad Okultada Argentinaning boshqa hududlarida bo'lgani singari yaxshi bolalar borligi ko'rsatish kerak. Hamma inson yomon emas. Men u erdan chiqib keta oldim, shunday ishni amalga oshirgan boshqalar ham bor. Hech kimga oson bo'lmagan. U erdan chiqib ketish juda qiyin. Lekin inson taqdiri o'z qo'lida. Odamlarga barcha bir xil emasligini namoyish etish lozim.

– 2006 yilgi jahon chempionati chorak finalidan oldin Berlin ko'chalari bo'ylab “Olimpiashtadion”ga yo'l olgan paytda bularning barchasini eslab, o'zingizni ruhlantirganingiz rostmi?
– Ha, bu haqiqat. Stadionga yo'l olgandik, odatda bunday holatlarda yaxshi kayfiyatda bo'laman, biroq o'shanda hammasi boshqacha bo'lgandi. O'shanday holat men bilan ungacha va undan keyin boshqa takrorlanmadi. O'zimni kuchga to'la his qildim va o'zimga-o'zim aytdim: “Bugun maydonda o'zingni to'liq ko'rsatishing kerak, chunki vaziyatdan chiqib ketish oson bo'lmagan joydansan”. Men bolalar bilan lattadan yasalgan to'pda o'ynaganimizni esladim. Xayolimga shunday fikrlar keldi. Nimalarni fikrlaganimni aytib o'tdim.

– SHunday muhitda o'tgan bolalik sizni bugungidek jangchiga aylanishingizga tasir ko'rsatganmi?
– Bilmayman, bu erda qandaydir bog'liqlik bormi. Hamisha o'zim harakat qilgandek o'ynaganman. Avval to'p bilan yugurardim, endi esa futbol o'ynayapman va bu umuman boshqa narsa. Hayotimdagi holat o'yinimga qanchalik tasir qilgani to'g'risida bilmayman. Bo'lishi mumkin.

– Sizga ko'proq nima yoqadi – futbol o'ynashmi yoki to'pni shunchaki o'ynash?

– Albatta, to'pni shunchaki tepish quvnoqroq. Futbol o'ynash esa mening ishim. Do'stlaring bilan rohatlanish uchun to'p tepganda maza qilasan. Hech qanday bosimni his qilmayman. Futbol o'ynaganda har bir uchrashuv ortida nimadir turganini his qilasan – pullar, jamoadagi do'stlaring yoki ishqibozlar. Katta bosim aynan shu bilan bog'liq.

– Siz 10-raqamli libosda harakat qilasiz. “Yuventus”da oldin bu raqamlar afsonalar sanalgan Mishel Platini va Alessandro Del Peroga tegishli bo'lgan. Bu bosim ko'rsatmaydimi?

– Men qandaydir bosimni his etmayman. SHu bilan birga “Yuve”da mengacha klub afsonalari o'ynaganini bilaman. O'zim uchun dastlabki kunlardanoq 10-raqamning bosimini yuzaga keltirmadim.  Aks holda, aqldan ozish mumkin yoki jamoada o'z ishingni bajarishdan mahrum bo'lishing ehtimoli mavjud.

– Amerika Kubogi haqida so'rashni istardik. 2004 va 2007 yillarda Argentina finallarda Braziliyaga imkoniyatni boy bergan. 2011 yil esa Urugvayga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsda siz penaltini amalga oshira olmadingiz. Siz hamon o'zingizni ayblaysizmi?
– Ha, bu hozirgi avlod futbolchilariga tinchlik bermaydi. Barchamiz terma jamoa bilan sovrinlarni qo'lga kiritish qanchalik ajoyib bo'lishini bilamiz. U ko'p yillardan buyon terma jamoani chetlab o'tmoqda. Buni yakunlanmagan ish deb aytish mumkin. Yangi musobaqa tez orada bo'lib o'tadi va unda nimalarga qodir ekanimizni ko'rsatish uchun eng yaxshi tayyorgarlikka erishishimiz lozim.

FIFA saytidan olindi.

Behzod  NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика