Karlo Anchelotti "SHaxtyor"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi
06 okt 2022 09:36
Yangiliklar


Karlo Anchelotti "SHaxtyor"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ECHL doirasida "SHaxtyor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Judayam mamnunman. Asosiysi - vaziyatlar yaratish. Va biz ko'plab vaziyat yaratdik. Birinchi bo'limda futbolchilar bo'shashishdi. Men o'zlariga kelishlarini va hali o'yin yakunlanmaganini aytdim.
Xursandman. CHunki, yaxshi o'ynadik. Vinisius, Benzuma va Rodrigo bir-birlarini o'zaro yaxshi tushuna olishdi. Biz imkon qadar tezroq pley-off masalasini hal qilib qo'ymoqchimiz, chunki guruh bosqichi ko'p kuchimizni olib qo'ymoqda", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar