Karlo Anchelotti: Meni yumshoq murabbiy deb atashlari yoqmaydi, negaki bu yolg'on
14 mar 2015 22:36
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: Meni yumshoq murabbiy deb atashlari yoqmaydi, negaki bu yolg'on
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z futbolchilariga nisbatan yumshoqlik bilan munosabatda bo'lishini rad etdi.
"Futbolchilar bilan yaxshi munosabatda bo'lish bu juda muhim. Murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi munosabat xattoki klub prezidenti bilan bo'lgan munosabatdan ham yaxshiroq bo'lishi muhimroq. Kimdir bu futbolchi va murabbiy o'rtasidagi munosabatlarni do'stlik deb ataydi. Men esa buni o'zaro hurmat degan bo'lardim. Men ham masalan futbolchilar bilan hazillashib, kulishib olishim mumkin. Bu menga ham yoqadi. O'qimishli insonlar qachon jiddiy bo'lish kerakligini yaxshi bilishadi. Meni juda yumshoq murabbiy deb atashlari yoqmaydi. CHunki bu yolg'on", - deydi Karlo Anchelotti.

Fikrlar