Karlo Anchelotti: "Italiya Balotelliga umid bog'lay olmaydi"
11 jan 2014 17:00
Yangiliklar


Karlo Anchelotti: "Italiya Balotelliga umid bog'lay olmaydi"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiya terma jamoasining yozda, Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatidagi imkoniyatlvri haqida fikrlarini bildirb o'tdi
"Ayni paytda Ispaniya, Germaniya, Braziliya va Argentina terma jamoalari Italiyadan kuchliroq, deb o'ylayman. CHezare Prandelli jamoa tarkibini yoshartirishga harakat qilib, to'g'ri yo'ldan ketyapti.
SHunday bo'lsada, jamoaning haqiqiy kuchi - uning Pirlo, De Rossi va Tiago Mottadek futbolchilardan iborat tajribali yarim himoyasidadir.
Italiyaning asosiy muammosi hujum chizig'idir. Hamma tinmay Balotelli haqida gapiryapti, lekin u ishonchli insonmas.
Balotelliga ortiqcha umid bog'lash kerakmas. CHunki istalgan paytda u jamoasini kamchilik bo'lib o'ynashiga sbabchi bo'lib qolishi mumkin", - deya Anchelotti so'zlaridan Football Italia iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar