Karlo Anchelotti: "Biroz xavotirdaman"
06 dek 2024 23:23
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Biroz xavotirdaman"
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hozirgi holatdan biroz xavotirda ekanligini aytdi.
Ayni damda "Real" LaLiga turnir jadvalida peshqadam "Barselona"dan 4 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab turibdi. Jamoa so'nggi o'yinida "Atletik" maydonida 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
"Barcha turnirlarda g'oliblik uchun kurashyapmiz. Optimist bo'lib, o'zimizdagi muammolarni to'g'ri qaray olishimiz kerak.
Barchasiga optimistik qarayapmiz, chunki tarkibimizda sifatli va kuchli futbolchilar yig'ilgan. Hozircha o'zimizning eng yaxshi talqinimizni ko'rsata olmadik. Biroq ertami kechmi, albatta, buni ko'rsatamiz.
Biroz xavotirdaman", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar