Karles Puyolning eng esda qolarli "El Klasiko"si qaysi?!
23 okt 2021 17:16
Yangiliklar
Karles Puyolning eng esda qolarli "El Klasiko"si qaysi?!
"Barselona" sobiq himoyachisi va sardori Karles Puyol faoliyati davomida Madridning "Real" klubiga qarshi o'tkazgan eng esda qolarli o'yini qaysi ekanligini aytib o'tdi.
"Agar faqat bitta o'yinni tanlashim kerak bo'lsa, men "Santyago Bernabeu"da bizning foydamizga 6:2 hisobi bilan yakunlangan to'qnashuvni atagan bo'lardim. O'yin, natija va o'sha g'alaba biz uchun LaLiga bosh sovrinini deyarli kafolatlab qo'ygani uchun shu tanlovni qildim. O'sha kuni men gol urib o'yindagi hisobni bizning foydamizga 2:1 qilgan edim. Bu men uchun o'zgacha lahza bo'lgandi, sababi men ko'p gol urmaganman. "Klasiko"dagi gol esa - umuman boshqacha tuyg'u", - deya Puyolning so'zlarini keltirdi "Marca" nashri.

LaLiga 10-turidan o'rin olgan "Barselona" va "Real" o'rtasidagi o'yin 24 oktyabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
01:50
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" "Atletik"ni o'ta yirik hisobda taslim etib, finalga yo'l oldi 39
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar