Karius: "O'yindan oldin Keyn qanday penalti tepishini ko'rib chiqqan edim"
05 fev 2018 21:28
Yangiliklar


Karius: "O'yindan oldin Keyn qanday penalti tepishini ko'rib chiqqan edim"
"Liverpul" darvozaboni Loris Karius APL 26-turi doirasida "Tottenxem" bilan o'yin (2:2)dagi durang haqida gapirib o'tdi.
"Hamma juda xafa. Biz g'alaba qozonishni xohlagan edik. Biz oxirgi daqiqada gol urdik, shuning uchun uch ochko olmaganimiz haqida gapirish og'ir. Birinchi penalti? O'yindan oldin Keyn qanday penalti tepishini ko'rib chiqqan edim. Ko'p uchrashuvlarda u zarbani markazroqqa beradi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Afsuski, u ikkinchi 11 metrlikni hotirjam tepdi", - dedi Karius.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar