So’nggi yangiliklar

17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  0 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  7 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  9 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  8 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  3 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  4 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  0 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  7 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  12 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  7 13:26Жеррард Трентнинг "Реал"га кетиши ҳақида: "Мен бундай қилмаган бўлардим. Нималар қилаяпсан ўзи?"  13 12:54МЮ футболчиси жамоани тарк этмоқчи  1 12:25Жеррард: "Руни бир ўзи рақибнинг бутун бошли ҳимоясига босим ярата оларди"  2

Karantin qoidalarini buzayotgan yulduzlar Yangiliklar

Karantin qoidalarini buzayotgan yulduzlar

Jahonda hukm surayotgan epidemiologik vaziyatda uyda qolish juda muhimdir. Aksar futbolchilar qoidalarga amal qilib, boshqalarni ham shunga chorlashyapti. Afsuski, hammasi ham emas.

Duglas Kosta “Yuventus”

Klubdan ruxsat olgan braziliyalik yarim himoyachi oilasi bilan vaqt o'tkazish uchun vataniga uchib ketdi. Albatta, barcha kabi Kostaga ham karantinda qolib, hech qaerga bormaslik sharti qo'yilgandi. Biroq Kostaning qiz o'rtog'i “Instagram”dagi sahifasiga futbolchi bilan shahar bo'ylab sayohatlari tasvirlangan lavhani joyladi. Tabiiyki, bu “keksa sinora” rahbariyatiga yoqmadi. SHu tufayli hammasi tugagach, braziliyalik xavbek munosib miqdorda jarimaga tortiladi. Bu haqida hozircha rasman malum qilinmadi, ammo Duglasning jazolanishiga shubha yo'q. 

Kvinsi Promes “Ayaks”

Niderlandiya terma jamoasi azosi Amsterdamdagi karantindan qattiq siqilgani bois do'stlari bilan futbol o'ynagani bordi. U shu orqali bir qator qoidalarnii buzdi. Niderlandiyada infekciya tarqalishining oldini olish maqsadida 2 nafardan ortiq odamlarni bir erda to'plashni maqsad qilgan tadbirlar taqiqlangan. Promes darhol jamoatchilikning keskin tanqidlariga uchradi, “Ayaks” rahbariyati ham chetda qolmagani holda forvardni jazolashga vada berdi. Xatosini anglagan Promes tezda uzr so'radi: “Aziz do'stlar, men bilan yuzaga kelgan voqelik uchun uzr so'rayman. Futbolni juda sog'indim, lekin tushunib etdimki, bunday sharoitda ko'chaga chiqish ahmoqlik edi. Ushbu og'ir pallalarda barchangizga kuch-quvvat tilayman”. 

Denis CHerishev “Valensiya”

Valensiya qiyin vaziyatda, shahar Ispaniyada koronavirus infekciyasi tarqalishining markazlaridan biriga aylangan. Uydan chiqishi taqiqlangan futbolchining ko'chada yugurayotgani kameralar nigohiga tushib qoldi. Videolavha bir zumda tarqalib ketdi. CHerishev Valensiyaning qiziqqon aholisi tomonidan keskin tanqidlar, balki taqiblarga ham uchradi (uning millatini eslatish darajasigacha borishdi).  Ammo uning himoyachilari ham topildi. Bazilar uni oqlashga kirishdilar. Ammo  Denisning o'zi izoh berishdan bosh tortdi va klub tomonidan qo'llangan jazo choralarini oshkor qilmadi. CHerishev ham jamoadoshlari singari koronavirus uchun test topshirdi. Uning natijasi salbiy chiqdi

Meyson Maunt “CHelsi” va Deklan Rays “Vest Xem”

Joriy mavsum davomida yosh yarim himoyachi o'zining ajoyib o'yini bilan muxlislar mehrini qozonishga ulgurdi. SHuningdek, u nizoli vaziyatlardan yiroq, masuliyatli va bosiq yigit sifatida gavdalandi. “CHelsi” futbolchisi Xadson-Odoida infekciya aniqlanib, jamoada karantin elon qilingach, uni aynan Maunt buzishi ko'pchilikni ajablantirdi. 15 mart kuni Maunt “Trent-Park” sport markizida o'rtog'i Deklan Rays (“Vest Xem”) bilan futbol o'ynagani malum bo'ldi. “Aristokratlar” o'z futbolchisini qanchalik jiddiy jazolagani malum emas, ammo “Vest Xem” rahbariyati Raysning harakatini jiddiy ravishda qoraladi va jarimaga tortdi. Rays to'lagan mablag' darhol koronovirusga qarshi kurashuvchi fondga yuborildi.

Amin Xarit “SHalke”

Xavbek yaxshi mavsum o'tkazdi. 24 uchrashuvda o'z hisobiga 6 gol, 4ta samarali uzatma yozdirib qo'yishni uddaladi. Ehtimol, kelib chiqishi marokashlik bo'lgan futbolchi maydon tashqarisida juda baquvvatdir. Nima bo'lishidan qatiy nazar, jamoadoshlari karantinda bo'lgan bir mahalda dam olish uchun klub bazasidan 20 km uzoqdagi Essen bariga bormasligi kerak edi. “SHalke” matbuot xizmatining malum qilishicha, Amin o'z xatti-harakatidan juda afsusda. SHu tufayli klubi hozircha og'izaki ogohlantirish bilan cheklanadi.

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”

 

Xabaringiz bor, “Oltin to'p”ning 5 karra sohibi oilasi bilan Madeyrada bo'lib turibdi. U karantin qoidalarini buzdi. Dastlab, uning turmush o'rtog'i soqchilar hamrohligida gavjum do'konlardan biriga tashrif buyurdi va bu holat Krishtianu muxlislarining noroziligiga sabab bo'ldi. 

Ronalduning rafiqasi karantin qoidalarini buzdi. U Krishtianuning sog'ligiga beparvolikda ayblanmoqda

Biroz muddatdan keyin Ronalduning o'zi etibor markaziga tushdi. U oilasi bilan Funshal shahridagi markaziy ko'chalardan birida sayr qildi.

Ronaldu karantin qoidalarini buzdi

 Krishtianu “Yuve” rahbarlari tomonidan jarimaga tortilmagan (jazolanmasa ham kerak). Takidlash lozimki, u xayriya ishlarini ham unutgani yo'q. Madeyrada koronavirusga qarshi kurash uchun o'z hisobidan mablag' ajratdi.

Jek Grilish ”Aston Villa”

“Aston Villa” sardori shunchaki to'xtab qolmaydi, hatto uning jamoasi yomon o'ynasa ham. SHu tufayli Grilish tarkibda eng yaxshisi bo'lib qolmoqda. U nafaqat maydonda, balki uyda ham to'xtash nimaligini bilmas ekan. Jek karantin joriy qilingan dastlabki tundayoq do'sti uyushtirgan kechaga bordi. Ehtimol, bu etiborsiz qolishi mumkin edi. Ammo futbolchi mast bo'ldi va shu holatda mashinaga o'tirdi. Grilish avtomobilda futbol maydonidagi kabi harakatlana olmadi va qo'shilarining mashinalariga borib urildi. Yaxshiyamki, voqea natijasida qurbonlar bo'lmadi. Klub bunga jiddiy munosabat bildirdi va jamoa sardorining oylik maoshining yarmini chegirib qoldi. Futbolchining o'zi ham barchadan uzr so'rab, xatolarini takrorlamaslikka vada berdi.

Muallif: Sergey Rumyancev

Tarjimon: Faxriddin Ro'ziev

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика