So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Karantin A Seriyani hamon tinch qo'ymayapti: 3-tur uchrashuvlari qanday o'tdi? Yangiliklar

Karantin A Seriyani hamon tinch qo'ymayapti: 3-tur uchrashuvlari qanday o'tdi?

2-4 oktyabr kunlari A Seriyaning navbatdagi tur bahslari bo'lib o'tdi.

"Lacio" "Inter" bilan durang o'ynadi

Turning markaziy uchrashuvi "Napoli" Turinga uchib borolmagani sababli bekor qilindi. Katta tanlovga ega tarkib bilan Antonio Konte istaganicha o'yinchilarni almashtirishi mumkin, ammo Indzagida bunday imkoniyat yo'q. Biroq shunga qaramay, "Lacio" o'yinni faolroq boshladi. Alberto va Marushichning zarbalaridan so'ng  Xandanovich ham yaxshiroq harakat qila boshladi. "Inter" asta-sekinlik bilan tashabbusni o'z qo'liga oldi, avvaliga Lautaro sherigi Barellaning havodan uzatgan to'pini erga tushishini kutib o'tirmadi va zarba berdi. Keyin esa u Perishichdan to'pni qabul qildi va Strakoshani sekingina aldab o'tib ketdi. Umuman olganda, har ikki jamoa ehtiyotkor o'yin namoyish qilardi.

"Inter" ikkinchi taymni nisbatan shiddatliroq boshladi, Lukaku va Lautaro dueti say-harakatlaridan keyin belgiyalikning zarbasi darvoza ustunining shundoqqina yonginasidan o'tib ketdi. "Sen urmasang, senga urishadi" degan naql yana bir bor amalda ko'rindi. "Inter" ko'p o'tmay jazolandi. Acherbi qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi va Sergey Milinkovich-Savich kurashda Perishichni engib, boshi bilan hisobni ochdi. Serbiyalik "Inter"ga qarshi o'yinlarni juda yaxshi ko'rishi hech kimga sir emas. U bir necha bor milanliklar darvozasini ishg'ol qilgan. "Lacio" yana gol urishi mumkin edi, Acherbi bu safar o'zi zarba berdi va to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi. Biroz o'tib Xandanovich Luis Albertoning zarbasidan keyin to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

"Lacio" o'yinini Immobilening chetlatilishi tinchitdi, bundan keyin yagona xavfli vaziyat "Inter"da bo'ldi, Brozovichning zarbasidan keyin to'p rikoshetdan keyin ustunga borib tegdi. Umuman olganda, o'yinda durang adolatli natija bo'ldi.


"Milan" etakchilar qatorida

"Speciya" hali A Seriyaga moslashib ulgurmagan bo'lsa-da, jamoa ancha qiziqarli loyiha hisoblanadi. "Milan" esa Ibragimovichsiz qolgan bo'lsa-da, ancha faol o'yin ko'rsatishda davom etmoqda. Hujumda Kolombo uning ortida esa Dias va Leao harakat qilishdi. Milanliklar o'yinga kirishib ketishlari ancha qiyin bo'ldi, qizig'i, qaysidir pallalarda "Speciya" xavfliroq hujum qildi. "Milan" asosan to'pni jarima maydoniga havodan etkazishga harakat qildi, ammo bu hech qanday naf keltirmasdi. Eng xavfli vaziyatni taym oxirida Simone Verdi qo'ldan chiqardi.


Ikkinchi bo'limda esa "Milan" to'pni havoga ko'tarishni bas qildi va jamoa o'yini ancha tezlashdi. Dias va CHalxanoglu zarbalariga aniqlik etishmasdi, ammo turkiyalik o'zining ustun tomonini ishga soldi. U jarima zarbasini ajoyib amalga oshirdi, Leao esa himoyachini ortda qoldirib to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. "Speciya" hujumga o'tdi va himoyada bo'sh zonalar vujudga kela boshladi. Bu "Milan" uchun ayni muddao edi. Teo qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va kuchli zarb bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Yana ikki daqiqa o'tgach, Salemarkes, Kessie va Leao kombinaciyasini Rafael yakunladi. "Speciya" bor kuchi bilan harakat qildi, ammo "Milan"ga kuchi etmadi. "Milan" mavsumni 3 g'alaba bilan boshladi va 2-o'rinni band etib turibdi.


"Fiorentina" - "Sampdoriya"

Har ikki jamoadan doimo ular ko'rsatadigandan yaxshiroq o'yin kutishadi. "Fialkalar" uchun ajoyib sport formasiga kirib olgan Frank Riberining yo'qligi jiddiy yo'qotish bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, aynan ular uchrashuvni faolroq boshlashdi. Biroq vaqt o'tgani sari "Sampdoriya" o'yin tizginini o'z qo'liga oldi. Kandreva o'zining eng yaxshi yilllaridagidek qanotdan to'xtovsiz uzatmalarni amalga oshirdi, ulardan birini CHekkerini sal qolsa o'z darvozasiga to'g'rilab yuborardi, to'p to'singa tegib qaytdi. "Fiorentina" o'yin borasida yaqqol ustunlikni berib qo'ydi. Natijada mehmonlar penalti ishlab oldi va Kvalyarella uni ishonch bilan amalga oshirdi.

Ikkinchi bo'limda Antonio Kandreva "sampa" safidagi ilk golini urishi mumkin edi, biroq to'p "krestovina"ga tegdi. Aynan shu vaziyatdan keyin mezbonlar hisobda ortda qolayotganliklarini eslab qolishdi. Bir-ikki xavfli hujumdan keyin Milenkovich jarima maydoni ichida Vlaxovichni topdi, u birinchi urinishda to'pni bo'ysundirib, keyingisida aniq zarba berdi. Umuman olganda, bu mezbonlarni ruhlantirib, ular yana va yana hujumga o'tishlari kerak edi, ammo golni mehmonlar urishdi. Torsbi burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi. Biroq gol inobatga olinmadi, lekin bu "Sampdoriya"ga yana bir gol urishiga to'sqinlik qilmadi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Valerio Verre to'pni darvozabon ustidan oshirib tashlab qo'ydi. "Fiorentina" bunga Federiko Kezaning zarbasi bilan (ustunga tegdi) javob berdi. Keyinroq malum bo'ldiki, bu klub tarbiyalanuvchisining jamoa safidagi oxirgi zarba ekan. U "Yuventus"ga yo'l oldi, "Fiorentina" esa endi malum vaqt qiynalishi turgan gap.


"Atalanta" o'z uslubida

Bergamoliklar hamon dahshatli formada. Ular buni navbatdagi uchrashuvning 7-daqiqasidayoq isbotlashdi, Muriel "Kalyari" himoyachilaridan qochib ketdi va darvozabonga ham imkon qoldirmadi. Ko'p o'tmay De Ron farqni ikkitaga oshirishi mumkin edi, lekin to'p uning zarbasidan keyin to'singa tegdi. Kutilmaganda o'yindagi ikkinchi golni "Kalyari" urdi. Burchak to'pi o'yinga kiritilgach, Diego Godin boshi bilan zarba berib, yangi jamoasi safida birinchi golini nishonladi. "Kalyari" fursatdan foydalanib qolmoqchi edi, lekin qisqa vaqt ichida "Atalanta" raqib hovurini tushirib qo'ydi. Sapata to'pni Gomesga etkazdi va u uzoq masofadan aniq zarba bilan darvozabonni dog'da qoldirdi. "Atalanta" hujumlarni davom ettirdi va navbatdagi ajoyib kombinaciyani Mario Pashalich gol bilan yakunladi. Kutilganidek "Atalanta" bundan keyin ham to'xtash haqida o'ylamasdi. Bu safar Sapata qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va tanaffusgacha hisobni yirik ko'rinish olishini taminladi.

Ikkinchi bo'limda "Kalyari" yana bir harakat qilib ko'rdi, Lyakonnis qanotdan oldinga o'tdi va to'pni jarima maydoniga yo'naltirdi, u erda Joao Pedro faollik ko'rsatdi va hisobni qisqartirdi. Bergamoliklar hech nima bo'lmagandek hujum qilishda davom etishdi va yana gol urishdi. Pashalich to'pni Lammersga etkazdi va jamoaning yangi azosi aldamchi harakatlar bilan himoyachilarni dog'da qoldirib, darvozabon etolmaydigan qilib zarba berdi. 3 o'yinda "Atalanta" 13ta gol urdi, qoyil qolmay iloj yo'q. "Kalyari" esa mag'lubiyatlarga tobora ko'nikib qolmoqda.


"Sassuolo"dan ajoyib o'yin

"Neroverdi" o'tgan mavsumning ikkinchi yarmi va bu mavsum startida aksariyat muxlislarni o'z o'yiniga maftun qilmoqda. "Krotone" bilan bellashuvda ham ulardan odatdagidek faol va chiroyli futbol kutishgandi. Ustiga ustak "akulalar" himoyadagi o'yinlari bilan maqtana olishmaydi. O'yin startida har ikki jamoa raqibni o'rganish bilan band bo'ldi. Berardi to'pni Defreldan qabul qilib oldi va ustalik bilan darvozabonning yonidan o'tkazib yubordi. Tanaffusgacha "Krotone" anchayin faol harakat qilgan bo'lsa-da, aytarli vaziyat yarata olmadi.

Ammo ikkinchi bo'lim boshidayoq Nvaknvo penalti ishladi va o'zi uni aniq amalga oshirdi. "Sassuolo" javobi o'zini uzoq kuttirmadi. Qizig'i, ular ham penaltidan gol urishdi. Kaputo to'p va darvozabonni turli burchakka yo'l olishini taminladi. "Neroverdi" bu bilan to'xtash niyatida emasdi, ammo to'p ha deganda darvozaga borib tushishni istamasdi. Biroq "Krotone" biroz "ochilishi" bilan Berardi birgina harakat bilan Kaputoni kiper bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi va Franchesko dubl qayd etdi. O'yin yakuniga yaqinlasharkan, hisob boshqa o'zgarmaydigandek edi. Ammo oxirgi daqiqada Lokatelli jarima maydoni ichida kurashda yutib chiqdi va o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. "Sassuolo" bu g'alabadan keyin uchinchi o'ringa ko'tarildi, "Krotone" hamon ochkosiz.


SHuningdek:

"Roma" "Udineze"dan kuchliro;

"Benevento" "Bolonya"ni taslim etdi;

"Verona" "Parma"ga yutqazib qo'ydi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика