So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Karambyo: “Pele qirol bo'lsa, Neymar - shahzoda” Yangiliklar

Karambyo: “Pele qirol bo'lsa, Neymar - shahzoda”

1998 yil Franciya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Kristian Karambyo ish yuzasidan biroz muddat Jazoirda bo'lib qaytdi.
Ayni paytda FIFA elchisi sifatida ish olib borayotgan Karambyo Jazoirda ekanligida Facebook orqali muxlislar yo'llagan savollarga javob qaytardi.

Kerollos Lav: - Qachon futbol o'ynashni boshlagansiz?
-   Har bir bola kabi men ham ancha yosh ekanligimda to'pning orqasidan quvardim. O'shanda biz o'ynaydigan to'plar qog'ozdan yoki bargdan yasalgan bo'lardi. Qachonki, “Nant” futbol maktabiga borganimdagina haqiqiy to'pni ko'rganman.

Stefani Post: - So'nggi hushtak va Siz jahon chempionisiz. Bu nimani anglatgandi?
-   Esingizda bo'lsa, biz 3:0 hisobida oldinda borayotgandik va chempion bo'lishimizga ishongandik. Hakamning final hushtagi yangrashi bilan hammamiz baqirib yubordik. Hamma bir-birini tabriklar, butun Franciya bizni olqishlardi. Men Kubokni qo'lga olganimda ham chempion bo'lganimizga ishonmagandim. To'g'risini aytsam, buni tasavvurga sig'dirish juda qiyin.

Tom Silverton: - Madridni tark etgach, Middlsbroda yashash qanday bo'lgandi?
-   Men Angliyada yashab katta tajriba orttirdim. Menga bu erda o'tkazgan vaqtim juda yoqqan. Qolaversa, premer-ligada to'p surish ham maroqli edi. Men nega Angliyaga ko'chib o'tganman? CHunki ingliz madaniyati har doim o'ziga qaratib kelgan.
 
Jeyms Xarding: - Siz Evropaning eng kuchli to'rtta milliy chempionatida to'p surgansiz? Ulardan qay biri kuchli?
-   Ularning hammasi menga yoqqan. Dastlab Franciyada, keyin Italiyada to'p tepdim. CHunki Italiya futboli ancha kuchli edi. So'ngra Ispaniyada va oxirida Angliyada o'ynadim. Mana shu ketma-ketlik menimcha, qaysi chempionat kuchli ekanligini aytib turibdi. Endi faoliyatimning oxirida Greciyada to'p surganimga kelsak, men shunchaki “Olimpiakos” bilan ECHLda o'ynashni istagandim.

Karlos Gonsales: - Nima deb o'ylaysiz, siz o'ynagan davr bilan hozirgi futbol o'rtasida farq bormi?
-   1998 yil biz haqiqiy inqilobni yuzaga keltirgandik. Matbuot va TV Franciya jahon chempioni bo'lganini juda ko'p yoritdi. Aynan matbuot tufayli futbol bir qadam oldinga siljidi deb o'ylayman. Ayni paytda biz aynan OAV sababli istalgan chempionatdagi istalgan o'yinchini kuzata olamiz. Endi farq to'g'risida gapiradigan bo'lsam, hozirgi futbolchilar ancha o'zgarib qolishdi. Biz professional futbolchi orzu qilganmiz, hozirgi yoshlar esa yulduz bo'lishni xohlashyapti. Buning orasida juda katta farq bor. Futbol jismoniy o'yin hisoblangani uchun yulduz bo'lish oson emas. Futbolda intizom juda kerak, busiz uzoqqa borib bo'lmaydi.

Jin Abbey: - Pele va Neymar haqida fikringiz?
-   Agar Pele qirol bo'lsa, unda Neymar – shahzoda. Bu borada boshqa aytadigan gapim yo'q.
 
Mazen Fami: - Ronaldu yoki Messi?
-   Men taqqoslashni yoqtirmayman. CHunki ularning ikkisi ham hurmatga loyiq futbolchilar. Biz hadeb Ispaniya La-ligasi haqida gapirmasdan boshqa chempionatlarda to'p surayotgan yigitlarga ham etibor berishimiz kerak. Masalan, “Liverpul”dagi Suares, MYUdagi CHicharito, “Arsenal”dagi Ozil va Germaniya chempionatidagi Riberi, Myuller, Levandovski.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика