Kapello Italiya termasini tark etgan Manchinini tanqid qildi
05 sen 2023 11:14
Yangiliklar


Kapello Italiya termasini tark etgan Manchinini tanqid qildi
Mashhur murabbiy Fabio Kapelloning fikricha, Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bilan xunuk xayrlashdi.
"Manchini katta xatoga yo'l qo'ydi. U federaciya prezidentini aybladi. Buning o'rniga u to'g'risini aytishi kerak edi: "Men rad etib bo'lmaydigan taklif oldim va shunga ko'ra istefoga chiqishim kerak, deb", – dedi Kapello "Tuttosport" nashriga.
Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini Italiya terma jamoasi 2018 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so'ng boshqaruvga kelgan edi. U "skuadra adzurra" bilan Evro-2020da g'alaba qozondi, shundan so'ng 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Evro-2024 saralash bosqichida Manchini to'satdan Italiya terma jamoasini tark etib, Saudiya Arabistoni terma jamoasiga yo'l oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar