Kapello: "Hozir "Real" "Roma"dan kuchsiz"
27 noy 2018 17:59
Yangiliklar
Kapello: "Hozir "Real" "Roma"dan kuchsiz"
"Roma" va "Real" sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello ushbu jamoalar o'rtasida o'tkaziladigan CHempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Hozir "Real" raqibidan kuchsizroq. Ular Ronaldusiz g'alaba qozona olishiga ishonishgani uchun jazolanishmoqda.
"Roma"da vaziyat boshqacharoq. Ular "Udineze" bilan juda yaxshi o'ynashdi. Di Franchesko to'pga ko'proq egalik qilayotgani haqida aytibdi. Hozir bunday narsalar ahamiyatga ega emas, ammo maydonga Jeko tushganidan so'ng jamoa o'zgardi. Afsus, uning "Real"ga qarshi maydonga tushishi so'roq ostida ekan. Jeko jamoaning muhim bo'lagi. Menimcha, Di Franchesko muammo nimada ekanligini tushundi" - deydi Kapello.
"Roma" - "Real" uchrashuvi 28 noyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
16:28
"U daho emas!" Kapello Ronalduni Messi, Maradona va Ronaldo bilan solishtirib bo'lmasligini aytdi 38
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar