

"Bu muammo shu yili paydo bo'lgani yo'q, qor kabi asta-sekin yig'ilgan. Klubda haqiqiy yetakchilar bo'lganida bunday muammolar yo'q edi. Gattuzo, Pirlo, Neste, Zeedorf va Inzagi kabi futbolchilarni ketishini qabul qilish qiyin.
"Milan" bu muammolarni bir yilda hal qila olmaydi. Hozir "Milan"da bunday futbolchilar yo'q.
Har yili klub kuchli futbolchi xarid qilishga urinadi. Bakka va Luis Adriano hozircha tarkibga qo'shilib keta olmadi, Romanolliga esa tajriba kerak. Balotelli... U haqida bir nima deya olmayman" - deydi Kapello.



