Kante Ispan grandiga o'tishni xohlamoqda
15 dek 2019 22:41
Yangiliklar


Kante Ispan grandiga o'tishni xohlamoqda
Franciyalik futbolchi sovrinlar qo'lga kiritishni xohlamoqda.
Sportsmole nashri xabariga ko'ra, Londonning "CHelsi" klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante jamoani tark etishi mumkin. 28 yoshli futbolchi Madridning "Real" klubi tarkibiga qo'shilish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda, chunki Kante sovrinlar uchun kurashishni va Evropa chempionlar ligasida zafar quchishni istayapti.
Malumot uchun, Kante Angliya chempionatining joriy mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar