Kante Ispan grandiga o'tishni xohlamoqda

15 dek 2019, 22:41
Fransiyalik futbolchi sovrinlar qo'lga kiritishni xohlamoqda.

Sportsmole nashri xabariga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ngolo Kante jamoani tark etishi mumkin. 28 yoshli futbolchi Madridning "Real" klubi tarkibiga qo'shilish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda, chunki Kante sovrinlar uchun kurashishni va Yevropa chempionlar ligasida zafar quchishni istayapti.

Ma'lumot uchun, Kante Angliya chempionatining joriy mavsumida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportsmole