Kanisares: "Nevill uzr so'rab, istefo berishi kerak edi"
04 fev 2016 12:12
Yangiliklar


Kanisares: "Nevill uzr so'rab, istefo berishi kerak edi"
"Valensiya" sobiq darvozaboni Santyago Kanisaresning fikricha, "Barselona"dan uchralgan 0:7 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, levantiyaliklar ustozi Gari Nevill istefo berishi kerak edi.
"Bu mening hayotimdagi eng sharmandali mag'lubiyat. Bu mag'lubiyatimizni 1993 yilda "Karlsrue" (0:7) yoki 1995 yilda "Salamanki"ga (0:4) qarshi bahsdagi omadsizlikka tenglashtirib bo'lmaydi.
Bundan so'ng murabbiy uzr so'rab, istefo beradi deb umid qilgan edim. Hayron qolarlisi, mutaxassis bu ishni qilmadi. Garini vijdonli inson deb yurar edim" - deydi Kanisares.
O’xshash yangiliklar
16:57
BBC kanali Isroilning G'azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilgan Linekerni ishdan bo'shatmoqchi 29

Fikrlar