Kan: "Noyer "Oltin to'p"ga munosib"
04 noy 2014 10:51
Yangiliklar


Kan: "Noyer "Oltin to'p"ga munosib"
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kanning fikricha, hozirda myunxenliklar darvozasini qo'riqlayotgan Manuel Noyer "Oltin to'p"ga munosib.
"Noyer bu sovringa erishishi kerak. U darvozabonlik mahoratini yangi darajaga ko'tardi. Gap uning ishtirokida emas, Noyer o'yinni o'qiy oladi. Bu holat ayniqsa jahon chempionatida yaqqol namoyon bo'ldi.
Jahon chempioni bo'lgan futbolchi ovozlarda ustunlikka ega bo'ladi. Ammo "Oltin to'p"ni topshiradiganlar darvozabonlarni unchalik xush ko'rishmaydi. Manuelda imkoniyat bor, chunki u o'yinchi" - deydi Kan.

Fikrlar