So’nggi yangiliklar

15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  1 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  9 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  2 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  13 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  11 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  12 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  9 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  9 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2

Kamyob kasalikka chalingan model “Inter”ning Milan derbisi uchun formasini namoyish qildi Yangiliklar

Kamyob kasalikka chalingan model “Inter”ning Milan derbisi uchun formasini namoyish qildi

Forma o'tgan yilgi futbolkalarga ham o'xshab ketadi.

Milan shahrida bo'lib o'tgan moda haftalari ko'rgazmasida “Inter”ning yangi formasi ham keng ommaga taqdim etildi. Bu forma Nike tomonidan yaratilgan. “Inter” bu brend bilan 20 yildan buyon faoliyat yuritadi. Futbolkani 24 yoshli model Vinni Xarlou namoyish qildi. U vitiligo — tanada oq dog'lar paydo bo'lishi kasalligiga chalingan. Bu kasallikning sabablari va davolash usullari haligacha nomalum.

Xarlou Milanga “Inter” futbolkasini kiygan holda etib keldi. Keyin Byblos namoyishi bo'layotgan vaqtda podiumga chiqdi. Byblos — 70 yillarda tashkil topgan Italiya brendi. Qachonlardir unda Janni Versache ham ishlagan.

Bu “Inter”ning maxsus futbolkasi — u “neradzurri”ning 20 yillik futbolkalar elementlarini mujassamlashtirgan holda tikilgan.

2017/18 yilgi mavsum

2009/10 yilgi mavsum

2014/15 yilgi mavsum

2006/07 yilgi mavsum

Nike shunga o'xshash futbolkani noyabrda “Barselona” uchun ham tayyorlab bergandi. Lekin kataloniyaliklar unda maydonga tushganlari yo'q. Biroq “Inter” futbolkani kiyib, to'p tepishi aniq. “Corriere dello Sport” malumotlariga qaraganda, “Inter” uni 17 mart “Milan”ga qarshi derbida kiyish niyatida ekan.

Maktab paytlari Xarlouni mazax qilishardi. Endi esa u — “Sports Illustrated” modeli.

Kanadalik modelni bolaligida “zebra” deb mazax qilishgan ekan. Bunga chiday olmagan Vinni o'qishni tamomlamay, tashlab ketgan. “Kamchiligi bor ko'plab bolalarning (masalan, vitiligo) ustidan kulishadi, ularni “mayna” qilishadi”, — deydi model.


Vinni Xarlou — modelning taxallusi. Uning haqiqiy ismi — SHantel Braun-Yang. U 16 yoshida kanadalik jurnalist SHennon Budremning “Natural Me” videoroligida suratga tushadi. Rolik o'zlikni sevish va asl go'zallikni his qila olishga bag'ishlangan edi. Budrem keyinchalik Xarlouga “Amerika uslubidagi top-model” tele-shouga borishini aytadi. “Suratga olish yakunlanganidan so'ng, SHennon menga qo'ng'iroq qildi va men modellik bilan shug'ullanishim kerakligini aytdi. U o'sha payt bu mening birinchi ishim ekaniga ishonmagan edi”, — deydi Vinni.

Tele-shou boshlovchisi Tayra Benks “Natural Me” roligini ko'radi va Vinniga qo'ng'iroq qilib, uni ko'rsatuvga taklif qiladi. Xarlou 6-o'rinni egalladi, lekin dunyoga tanilishga muvaffaq bo'ldi. SHoudan so'ng, u Ispaniyaning “Desigual” brendining yuziga aylandi.

2019 yil Xarlou “Sports Illustrated” jurnali uchun suzish kiyimlarini kiyib suratga tushdi. Bu uning debyuti edi. Ushbu so'zlar u dunyodagi eng mashhur top modellardan biri ekaniga isbot bo'la oladi.

“Barcha go'zallik sizga boqib turgan ko'zlarda deb o'ylayman. Inson doim shaxsiy fikriga ega bo'lishi kerak”, — deydi model.

Xarlou, Xemilton, “Formula-1”

“Inter” futbolkasi — Xarlouning sportga bog'liq birinchi ishi emas. U Lyuis Xemilton bilan do'st edi. Vinni do'sti uchun “Tommy Hilfiger” brendini kiyib, suratga tushib bergan. O'tgan yozda Vinni Kanadaning “Gran-pri” musobaqasida ishtirok etdi. U finishda turib, poyga o'z yakuniga etganidan so'ng bayroqni silkitishi lozim edi. Poygada ishtirokchilar 70 doira aylanib chiqishlari kerak edi. Biroq u buni vaqtliroq, 68-doirada amalga oshirdi. Ushbu tushunarsiz vaziyat katta etirozlarga sabab bo'ldi.

Xalqaro avtomobil federaciyasi vakili CHarli Uayt so'zlariga qaraganda, bir shaxs oxirgi doirani aylanib chiqdim deb o'ylab, poygani to'xtatishlarini so'ragan. Ular o'z navbatida hammasini tasdiqlab bergan. CHunki ularning ishi vaziyatni nazorat qilish emas, faqat tasdiqlashdan iborat edi. Buning natijasida Vinni tashkilotchilarning buyrug'ini bajarib, bayroqni silkitgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda qizni rosa muhokama qilishgan. Bu ish uchun u uzr ham so'ragan. O'shanda “Formula-1” sport direktori Ross Braun qizning yonini olib, vaziyatni tushuntirdi. Bunda Xarlouning aybi yo'qligi, u bayroqni vaqtliroq silkitganiga sabab tashkilotchilar unga shunday buyruq berganini aytdi. “Avtopoyga direktori CHarli Uayt vaziyatni tushuntirganidan keyin ham, Xarlouni ayblashda davom etishdi. Vinni bu ishni tashkilotchilar aytgani uchun qilgan, xolos. Buning uchun Xarloudan uzr so'rayman. SHuningdek, “Formula-1” uni qo'llab-quvvatlagani uchun ularga ham o'z tashakkurimni izhor etaman”.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика