So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  144 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  18 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  14 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Kamoliddin Tojiev: "Maksim SHackix hakamni so'kmagan edi" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Maksim SHackix hakamni so'kmagan edi"

Superliganing 15-tur bahslaridan o'rin olgan O'zbek "el-klassiko"sidan so'ng, "Paxtakor" jamoasi murabbiyi Kamoliddin Tojiev uchrashuv haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin golga qadar kechdi. Gol ham "rikoshet"dan urildi. Umumiy qilib aytganda, bugungi uchrashuv bitta golga qadar kechdi va ushbu gol o'yin natijasini hal etdi.

- Maksim SHackix qizil kartochka olgan holatda nima ro'y berdi? Maksim Aleksandrovich hakamni haqorat qildimi?

- SHackix hakamni so'kmadi. So'kinish bo'ldi, lekin u gaplar hakam tomoniga aytilmagan edi. Futbolchilarga gapirayotgan chog'ida bu holat ro'y berdi, hakam esa umuman boshqa tomonda edi. Hakamni haqorat qilmagan edik.

- Qizil kartochkadan so'ng amalga oshirilgan o'zgarishlarni siz amalga oshirdingizmi yoki Maksim SHackix onlayn tarzda jamoani boshqarib turdimi?

- Yo'q, o'zgarishlarni onlayn tarzda Maksim SHackix amalga oshirdi.

- "Dinamo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng, jamoa bugun katta xohish bilan o'ynashi kutilayotgan edi, lekin "Paxtakor" futbolchilari bugun bir oz futbol o'ynashga ishtiyoq yo'qdek ko'rindi. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- O'yinni tahlil qilamiz va ko'rib chiqib baho beramiz. O'yindan avval hammasi yaxshi edi.

- "Paxtakor" jamoasi so'ngi yillarda CHeranga juda bog'lanib qoldi. CHeran ham "universal" futbolchi, lekin shunga qaramay u qarib bormoqda. "Paxtakor" CHerannning yoshroq variantini jamoaga olib kelish vaqti kelmadimi?

- Mashg'ulotlarda Dragan hech kimdan qolishmaydi. To'g'ri, biz CHeranga o'xshash futbolchi sotib olsak o'zimizga yaxshi, lekin CHeran mashg'ulotlarda hech kimdan qolishmaydi va men mashg'ulotlarga tayangan holda xulosa chiqaraman.

- Bugungi uchrashuvdagi hakamlikka baho bersangiz?

- Hakamlikni muhokama qilmayman va gapirishni ham xohlamayman. Kimdurlar shu orqali chempion bo'lmoqchi, mayli bo'laversin. Biz hakamlarni muhokama qilmaymiz.

- Ko'pchilik "Paxtakor" jamoasining yozgi transferlar kampaniyasini muvaffaqiyatsiz deyishmoqda. Sizning bunga fikringiz qanday?

- Biz o'zimiz amalga oshirgan transferlarimizdan to'liq qoniqdik. Ularga "adaptaciya" uchun vaqt kerak va hammasi o'z o'yinini topadi.

- Sanjar Quvvatov bir necha yildan buyon "Paxtakor"ning asosiy darvozaboni, lekin so'ngi uchrashuvlarda Quvvatov qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Belaruslik yangi darvozabon yoki Otabek Boydumorodovga imkoniyat berish vaqti kelmadimi?

- Bugungi uchrashuvdagi gol "rikoshet" orqali urildi. Yangi darvozabonga keladigan bo'lsak, u jamoaga kirishib ketish uchun vaqt kerak, u hali yigitlar bilan chiqishib ketishi kerak.

- Fayzullaev "Paxtakor"ni juda qiyin ahvolda tashlab ketdi. "Paxtakor" jamoasining murabbiylar shtabi Abbosdan xafa bo'ldimi?

- Unga taklif chiqdi va u rozi bo'ldi. Nima bo'lganda ham, futbolchi uchun o'sish bo'ldi. To'g'ri u bizni bir oz noqulay holatga solib qo'ydi, lekin uning shartnomasida shunday band bor edi va biz uni xohlasak ham olib qola olmasdik. Abbos bizni norozi qilgani yo'q, lekin biz uning qolishini istagan edik.

- Niderlandiyalik himoyachi Stinvurden bugun "debyut" uchrashuvini o'tkazdi. O'zingiz ham himoyachi bo'lgansiz, Stinvurdenning bugungi o'yiniga baho bersangiz?

- Biz uni sotib olishdan oldin o'yinlarini ko'p kuzatgan edik. U yaxshi himoyachi, faqat hozir unga vaqt kerak. Jamoaga bir oz kirishib ketishi uchun. Men futbol o'ynagan vaqtlarim ham "Paxtakor"da ko'pchilik o'ynab keta olmas edi. Bir oz vaqt o'tsin, u jamoaga ko'nikib ketishi kerak.

- Avgust oyida "Paxtakor"ni principial raqiblarga qarshi bir nechta bahslar kutib turibdi. Jamoa keyingi uchrashuvlarga qanchalik tayyor?

- Biz taqvim qiyinligini bilar edik va shu sababdan yig'in o'tkazdik. Hozir bizda zaxira o'rindig'i bor, birinchi davrada zaxirada futbolchilar etishmayotgandi. Xudo xohlasa, qolgan barcha uchrashuvlarni yaxshi o'tkazamiz.


Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика