So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  23 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Kamoliddin Tojiev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan" Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"

O'zbekiston Kubogi yarim finalida "Navbahor"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Paxtakor" yordamchi murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- To'rtta bo'limda ham o'yinni nazorat qildik, yaxshi o'ynadik, vaziyatlar yaratdik. Biroq yaxshi o'yin uchun g'alaba berilmaydi, gol urmasak yutib bo'lmaydi. Penaltilar seriyasiga keladigan bo'lsak, bu yog'i lotereya. Bugun bizning kunimiz emas ekan.

- Seriyada kimlar zarba berishini murabbiy hal qiladimi?

- Kim tayyor bo'lsa, o'sha tepadi. Avvalo o'zlaridan so'raymiz va keyin o'zlari nechinchi bo'lib tepishlarini aytishadi.

- Jamoa bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi va ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. Mavsum davomida jamoada realizaciyada muammolar bo'layotganini ko'ryapmiz. Xo'sh, bu muammoni to'g'rilash uchun qancha vaqt ketadi?

- Buni ustida ishlash kerak. Faqatgina mashg'ulotlar orqali hal qilamiz. Boshqacha yo'l yo'q.

- Bugun Kimi Merk qaydnomada bor edi. Biroq u tribunadan o'yinni tomosha qildi. Bunga sabab nima?

- U o'zida noqulaylik his qildi. Oyoq mushaklarini tortib olgandi. SHu sababli unga dam berdik. Hali u termaga borishi kerak.

- Yaxshi o'yin uchun minnatdorlik bildiramiz. Mag'lubiyatning sababini nimalarda deb o'ylaysiz?

- Bugun bizning kun emasdi. Barcha ishni qildik, vaziyatlar yaratdik, o'yinni nazorat qildik.

- "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackixga O'zbekiston Superkubogi o'yini oldidan ham penaltilar bo'yicha savol berganida, u penaltilarga ishlashdan mano yo'qligini, barchasi omadga borib taqalishini aytgandi. So'nggi bir necha sovrinlarini penaltilar orqali boy berib qo'ygan "Paxtakor"da yoki bir necha turnirlarda penaltilar orqali mag'lub bo'lgan termalarimizda bu muammoni hal qilish mumkinmikin?

- Barchasi ruhiyatga bog'liq. Mashg'ulotlardan keyin yigitlar penaltilar, jarimalar ustida ishlashadi. Menimcha, ruhiyatga bog'liq. Yigitlar buning ustida ishlashi kerak.

- "Paxtakor" kubokdan chiqib ketganidan keyin OCHL uchun imkoniyatlari pasaydi. CHempionatda yaqqol lider bor. Klub kelasi mavsumda jamoaning xalqaro maydonsiz qolib ketishidan qo'rqmaydimi?

- Yo'q, unaqasi bo'lmaydi. "Paxtakor" har doim xalqaro maydonda bo'ladi va oldiga chempionlik maqsadini qo'yadi. Hali oldinda o'yinlar juda ko'p. Oldindan biror nima deb bo'lmaydi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика