So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  7 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Kamoliddin Tojiev "Al-SHorta"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi? Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev "Al-SHorta"ga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi?

"Paxtakor" ertaga Elit CHempionlar ligasi 3-tur doirasida Iroqning "Al-SHorta" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Paxtakor" jamoasi ustozi Kamoliddin Tojiev va himoyachi SHahzod Azmiddinovlar uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi va bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishishdi.

"Ertaga qiziqarli uchrashuv guvohi bo'lamiz. Raqibimiz juda yaxshi shakllangan jamoa va tezkor hujum chizig'iga ega. Ertaga chiroyli o'yin namoyish etishga harakat qilamiz", - deya fikr bildirdi Kamoliddin Tojiev ertangi uchrashuv haqida.

"Al-SHorta" jamoasining kuchli tomonlarini o'rganib chiqdik. Ertaga qiziqarli bahs bo'ladi. "Paxtakor" muxlislariga g'alaba taqdim etishni va o'z uyimizga yorug' yuz bilan qaytishga intilamiz", - dedi SHahzod Azmiddinov.


- O'tgan turda "Persepolis" maydoniga safar qildingizlar. Eronlik muxlislar o'z suyuklilarini qanday qo'llab-quvvatlashlaridan yaxshi xabardorsiz. Ertangi uchrashuvda "Al-SHorta" muxlislari stadionda qanday muhit yaratishi mumkin deb o'ylaysiz?

- Men Iroqqa birinchi marotaba tashrif buyurmoqdaman. O'ylashimcha, ertaga muxlislar yaxshi atmosfera yaratib berishadi. Iroqlik muxlislar, forslardan qolishmaydi deb o'ylayman.

- Ertangi bahsga ko'p muxlislar kelishi kutilmoqda. Iroq milliy terma jamoasi ushbu shaharda o'ynaganida muxlislarning qo'llab-quvvatlashi alo darajada bo'ladi. Ertaga bo'lib o'tadigan bahsga qanday reja tayyorladingiz? Jamoangiz durang bilan ortga qaytish rejasi bormi?

- Rejamizni aytib bera olmayman. Muhimi, gol o'tkazib yubormasligimiz kerak.

- "Al-SHorta" jamoasi o'tgan yilgi "Arab CHempionlar ligasi"da juda yaxshi o'yin namoyish etgandi va yarim finalga qadar etib borgandi. Jamoa xalqaro maydonda ishtirok etish bo'yicha katta tajribaga ega. Elit OCHLni ham yaxshi boshladi. Dastlab, "Al-Nasr" bilan durang qayd etdi, ammo 2-turda "Al-Hilol"ga yirik 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi. "Al-SHorta" haqida qanday fikrdasiz?

- "Al-Nasr"ga qarshi kechgan o'yinni ko'rdim. O'sha uchrashuvda raqibimiz yaxshi o'yin namoyish etgandi. "Al-Hilol"ga qarshi esa omad etishmadi. Ertaga stadionga tashrif buyuradigan muxlislar o'z suyuklilariga yordam berishi aniq.

- "Paxtakor" safida jarohatlangan futbolchilar bormi yoki barcha futbolchilar ertangi uchrashuvda tayyormi?

- Terma jamoa safidan qaytgan Diyor Xolmatovda jarohat bor va ertangi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.



Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика