Kamoliddin Murzoev: "Yangi 2014 yil barchamizga baxt va omad keltirsin"
31 dek 2013 15:00
Yangiliklar


Kamoliddin Murzoev: "Yangi 2014 yil barchamizga baxt va omad keltirsin"
Qozog'iston klubida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz ham saytimiz muxlislariga Yangi yil tabrigini yubordi.
Kamoliddin Murzoev (O'zbekiston terma jamoasi va "Irtish" klubi hujumchisi): "Bayramlar orasida ko'pchilik qatori men ham Yangi yilni yaxshi ko'raman va bu kunni o'zgacha tarzda o'tkazishga harakat qilaman. Menga berilgan fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni, futbol muxlislarini chin qalbimdan tabriklayman. Yangi 2014 yil barchamizga baxt va omad keltirsin. Ishqibozlarimiz o'zlari muxlislik qiladigan jamoa muvaffaqiyatlaridan hamisha xursand bo'lib yurishsin. Yakuniga etib borayotgan 2013 yilda amalga oshmagan rejalar yangi yilda ro'yobga chiqsin. Hamisha tinchlikning qadriga etib yuraylik. Biz horijda to'p tepayotgan futbolchilar o'z o'yinimiz bilan O'zbekiston futboli dovrug'ini yanada yuksaltirishga astoydil harakat qilamiz".
- Qorbobo rostakam bo'lganida, nimani tilardingiz?
- Barchaga sog'liq va futbolchilarga jarohatsiz mavsum.
- Qorbobo rostakam bo'lganida, nimani tilardingiz?
- Barchaga sog'liq va futbolchilarga jarohatsiz mavsum.

Fikrlar